MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR NUTQINI RIVOJLANTIRISHNI RAQAMLI VA INTERAKTIV TEXNOLOGIYALARGA ASOSLANGAN USULLARI (547-552-bet)
Annotatsiya
Mazkur maqolada maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirishni raqamli va interaktiv texnologiyalarga asoslangan usullari ilmiynazariy va amaliy jihatdan tahlil qilinadi.Tadqiqotning maqsadi maktabgacha ta‘lim jaryonida zamonaviy raqamli vositalar orqali bolalarning nutqiy kompetensiyalarini shakllantirish samaradorligini aniqlashdan iborat. Tadqiqot metadologiyasida kuzatuv, taqqoslash, pedagogik tajriba-sinov va tahlil usullaridan foydalanildi.Natijalarga ko‘ra, interaktiv doskalar, multimediali taqdimotlar, audio va video materiallar, shuningdek nutqni rivojlantiruvchi mobil ilovalar bolalarning so‘z boyligini oshirish,bog‘lanishli nutqni rivojlantirish hamda to‘g‘ri talaffuz ko‘nikmalarini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.Muhokama jarayonida raqamli texnologiyalar asosida tashkil etilgan mashg‘ulotlar bolalarning nutqiy faolligi va muloqatga kirishish motivatsiyasini sezilarli darajada oshirishi aniqlandi.Xulosa sifatida, raqamli va interaktiv texnologiyalardan maqsadli foydalanish maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirishda samarali innovatsion pedagogik vosita ekanligi asoslandi.
Bibliografik iqtibos
Gulmira Rustamova Yoryigit qizi, Madina Turg‘unboyeva Xolmurza qizi. MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR NUTQINI RIVOJLANTIRISHNI RAQAMLI VA INTERAKTIV TEXNOLOGIYALARGA ASOSLANGAN USULLARI // “UZLUKSIZ TA’LIM TIZIMIDA MALAKALI MUTAXASSISLARNI TAYYORLASHNING MUAMMO VA YECHIMLARI: 5 E MODELI MOHIYATI, XORIJIY TAJRIBALAR”. GULISTON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI, 2026, B.547-552. — https://konferensiya.gspi.uz/maqola/1024
Yuklanmoqda...