MAKTABGACHA TA‘LIM TASHKILOTIDA “QUVNOQ BOLALAR” RADIOSTUDIYASINI TASHKIL ETISH ORQALI BOLALARNI IJODKORLIGINI RIVOJLANTIRISH (559-564-bet)
Annotatsiya
Mazkur maqolada maktabgacha ta‘lim tashkilotlarida “Quvnoq bolalar” radiostudiyasini tashkil etish orqali bolalarning ijodiy, nutqiy va ijtimoiykommunikativ rivojlanishini ta‘minlash masalalari keng yoritilgan. Radiostudiya faoliyati bolalarning erkin fikrlashini rivojlantirish, ularni mustaqil qaror qabul qilishga o‘rgatish, nutq madaniyatini shakllantirish va to‘g‘ri talaffuz qilish ko‘nikmalarini mustahkamlashga xizmat qilishi ilmiy asosda tahlil etilgan.Maqolada radiostudiya mashg‘ulotlarining nazariy va amaliy jihatlari, jumladan, radioeshittirishlar tayyorlash, matn tuzish, dialog va monologlar ustida ishlash, intervyu olish kabi faoliyatlar orqali bolalarda kommunikativ kompetensiyalarni rivojlantirish imkoniyatlari ochib berilgan. Shuningdek, ushbu loyiha orqali bolalarda tashabbuskorlik, ijodiy yondashuv, jamoada ishlash qobiliyati, tinglash va tushunish madaniyati shakllanishi asoslab berilgan.
Bibliografik iqtibos
Xamdamxonova Marg‘iyonaxon Doniyorxon qizi, Kutduzova Gulnoza Gafurovna. MAKTABGACHA TA‘LIM TASHKILOTIDA “QUVNOQ BOLALAR” RADIOSTUDIYASINI TASHKIL ETISH ORQALI BOLALARNI IJODKORLIGINI RIVOJLANTIRISH // “UZLUKSIZ TA’LIM TIZIMIDA MALAKALI MUTAXASSISLARNI TAYYORLASHNING MUAMMO VA YECHIMLARI: 5 E MODELI MOHIYATI, XORIJIY TAJRIBALAR”. GULISTON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI, 2026, B.559-564. — https://konferensiya.gspi.uz/maqola/1026
Yuklanmoqda...