DAVLAT VA JAMIYAT MUNOSABATLARIDA ADOLATLILIK VA QONUNIYLIK G‘OYALARI DIALEKTIKASI (630-633-bet)
Annotatsiya
Maqolada davlat va jamiyat munosabatlarida adolatlilik va qonuniylik g‘oyalari dialektikasi tahlil qilinadi. Zamonaviy huquqiy davlat sharoitida ushbu ikki tamoyilning mutanosibligi ijtimoiy ishonch, davlat legitimligi va huquqiy madaniyatning shakllanishi uchun markaziy ahamiyatga ega ekanligi ochib beriladi. Maqolada adolat konsepsiyasi ijtimoiy tenglik, muvozanat va haqqoniylikni ta’minlovchi axloqiy-huquqiy mezon muhokoma qilinib, qonuniylik bilan o‘zaro bog‘liqligi analiz qilinadi hamda adolat va qonuniylikning dialektik munosabatlari fuqarolarning davlat institutlariga ishonchi, huquqiy ong va huquqiy madaniyat darajasi bilan chambarchas bog‘liq ekanligi ta’kidlanadi. Shu bilan birga, zamonaviy ilmiy tadqiqotlar va xalqaro tajriba asosida qonuniylik va adolatlilikning jamiyat hayotida samarali ishlashi uchun shaffof boshqaruv, sud mustaqilligi, hamda inson huquqlarining real kafolatlanishi muhim omillar ekanligi asoslangan.
Bibliografik iqtibos
Yаrbаyev Xаsаn Xаzrаtqulоvich. DAVLAT VA JAMIYAT MUNOSABATLARIDA ADOLATLILIK VA QONUNIYLIK G‘OYALARI DIALEKTIKASI // MEDIAMAKONDA AXBOROT MADANIYATINI SHAKLLANTIRISHNING IJTIMOIY-FALSAFIY MUAMMOLARI. GULISTON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI, 2024, B.630-633. — https://konferensiya.gspi.uz/maqola/104
Yuklanmoqda...