DIDAKTIK O‘YINLAR ORQALI BOLALARDA IJODIY MUAMMOLI VAZIYATLARNI HAL ETISH KO‘NIKMALARINI RIVOJLANTIRISH (629-633-bet)
Annotatsiya
Mazkur ilmiy maqolada didaktik o‘yinlarning maktabgacha va boshlang‘ich ta‘lim yoshidagi bolalarda ijodiy fikrlash hamda muammoli vaziyatlarni hal etish ko‘nikmalarini rivojlantirishdagi pedagogik ahamiyati keng yoritilgan. Tadqiqot jarayonida didaktik o‘yinlar orqali bolalarda mustaqil fikrlash, tahlil qilish, muammoni anglash va unga ijodiy yechim topish qobiliyatlarini shakllantirish masalalari tahlil qilindi. Didaktik o‘yinlarning mazmuni, turlari va ta‘lim jarayonida qo‘llash metodlari ilmiy-nazariy hamda amaliy jihatdan asoslab berildi. Shuningdek, muammoli vaziyatlarga asoslangan o‘yin faoliyati bolalarning bilish faolligini oshirishi, ijtimoiylashuvi va kommunikativ ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qilishi tajribasinov natijalari orqali isbotlandi. Maqola natijalari pedagoglar uchun didaktik o‘yinlardan samarali foydalanish bo‘yicha amaliy tavsiyalarni o‘z ichiga oladi.
Bibliografik iqtibos
Sevinch Murtazaqulova Ozodbek qizi. DIDAKTIK O‘YINLAR ORQALI BOLALARDA IJODIY MUAMMOLI VAZIYATLARNI HAL ETISH KO‘NIKMALARINI RIVOJLANTIRISH // “UZLUKSIZ TA’LIM TIZIMIDA MALAKALI MUTAXASSISLARNI TAYYORLASHNING MUAMMO VA YECHIMLARI: 5 E MODELI MOHIYATI, XORIJIY TAJRIBALAR”. GULISTON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI, 2026, B.629-633. — https://konferensiya.gspi.uz/maqola/1045
Yuklanmoqda...