OLIY TA‘LIM RAHBARLARINING KOMMUNIKATIV KREATIVLIGINI BOSHQARISH ASOSLARI (656-660-bet)
Annotatsiya
Maqola oliy ta‘lim muassasalari rahbar xodimlarining kommunikativ kreativligini boshqarishning nazariy asoslarini yoritib beradi. Zamonaviy oliy ta‘lim tizimida rahbar kadrlarning innovatsion faoliyati va ijodiy qarorlar qabul qilish mahorati mamlakatning ilmiy-potensialini shakllantirishda muhim o‘rin tutadi. Tadqiqotda kommunikativ kreativlik tushunchasining mohiyati, tuzilishi, komponentlari va boshqarish jarayonidagi o‘rni chuqur tahlil qilinadi. Pedagogika, boshqarish nazariyasi, ijtimoiy psixologiya va kreativ pedagogika fanlarining zamonaviy yutuqlariga tayanib, muammoning kompleks yechimlari ko‘rib chiqiladi. Tadqiqotning maqsadi rahbar xodimlarning kommunikativ kreativligini boshqarishning pedagogik modelini ishlab chiqish va uning mazmun-mohiyatini ilmiy asoslashdan iborat. Nazariy tahlil, taqqoslash, umumlashtirish, tizimli yondashuv va sinergik metodlaridan foydalanilgan. Natijada kommunikativ kreativlikni boshqarishning mohiyati, mazmuni, shakllari va bosqichlarini aks ettiruvchi nazariy model taklif etildi. Ushbu model rahbar xodimlarning ijodiy faoliyatini rivojlantirishning pedagogik sharoitlarini yaratishga va ularning professional mahoratini oshirishga yo‘naltirilgan. Maqola oliy ta‘lim muassasalari rahbarlarining professional faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan pedagogik tadqiqotlar uchun amaliy ahamiyatga ega.
Bibliografik iqtibos
Mamatova Xilola Muxiddinovna. OLIY TA‘LIM RAHBARLARINING KOMMUNIKATIV KREATIVLIGINI BOSHQARISH ASOSLARI // “UZLUKSIZ TA’LIM TIZIMIDA MALAKALI MUTAXASSISLARNI TAYYORLASHNING MUAMMO VA YECHIMLARI: 5 E MODELI MOHIYATI, XORIJIY TAJRIBALAR”. GULISTON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI, 2026, B.656-660. — https://konferensiya.gspi.uz/maqola/1050
Yuklanmoqda...