Ilmiy nashrlar bazasi

Institut ilmiy merosi — bir manzilda

Konferensiyalar, ularda chop etilgan maqolalar va monografiyalar arxivi. Qidiring, o'qing, yuklab oling.

—konferensiya
—maqola
—monografiya
Konferensiyalar

KOMMUNIKATIV KREATIVLIKNI RIVOJLANTIRISH TEXNOLOGIYALARI (660-667-bet)

Muallif: Mamatova Xilola Muxiddinovna (Guliston davlat pedagogika instituti)
Konferensiya: “UZLUKSIZ TA’LIM TIZIMIDA MALAKALI MUTAXASSISLARNI TAYYORLASHNING MUAMMO VA YECHIMLARI: 5 E MODELI MOHIYATI, XORIJIY TAJRIBALAR” (2026)
Manzil: GULISTON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
Annotatsiya
Maqola oliy ta‘lim muassasalarida rahbar xodimlarning kommunikativ kreativligini rivojlantirishning pedagogik sharoitlari va zamonaviy texnologiyalarini tahlil qiladi. Tadqiqotning dolzarbligi rahbarlarning ijodiy muloqot qobiliyatini rivojlantirishning zamonaviy talablaridan kelib chiqadi. Zamonaviy oliy ta‘lim tizimida rahbar kadrlarning innovatsion yondashuvlari va ijodiy qarorlar qabul qilish mahorati mamlakatning raqobatbardoshligini ta‘minlashda muhim ahamiyatga ega. Maqolada kommunikativ kreativlikni shakllantirishga ta‘sir etuvchi ichki va tashqi omillar, pedagogik muhit, korporativ madaniyat hamda liderlik uslublari yoritib beriladi. Tadqiqotning maqsadi — kommunikativ kreativlikni rivojlantirishning samarali pedagogik sharoitlari va boshqarish texnologiyalarini ishlab chiqishdan iborat. Tadqiqotda tahlil, sintez, kuzatish, suhbat va pedagogik tajriba umumlashtirish metodlaridan foydalanilgan. Natijada rahbar xodimlarning kommunikativ kreativligini oshirishga qaratilgan sharoitlar tizimi, coaching, mentoring va loyihalash texnologiyalari taklif etildi. Ushbu texnologiyalar rahbarlarning ijodiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va ular o‘rtasida samarali hamkorlikni ta‘minlashga xizmat qiladi. Maqola oliy ta‘lim muassasalari rahbarlarining professional faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan pedagogik tadqiqotlar uchun amaliy ahamiyatga ega.
Kalit so'zlar: kommunikativ kreativlik, pedagogik sharoitlar, boshqarish texnologiyalari, coaching, mentoring, loyihalash, korporativ madaniyat, liderlik uslubi, pedagogik muhit, ijodiy muloqot, rahbar kadrlar, professional mahorat
Bibliografik iqtibos
Mamatova Xilola Muxiddinovna. KOMMUNIKATIV KREATIVLIKNI RIVOJLANTIRISH TEXNOLOGIYALARI // “UZLUKSIZ TA’LIM TIZIMIDA MALAKALI MUTAXASSISLARNI TAYYORLASHNING MUAMMO VA YECHIMLARI: 5 E MODELI MOHIYATI, XORIJIY TAJRIBALAR”. GULISTON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI, 2026, B.660-667. — https://konferensiya.gspi.uz/maqola/1051
To'liq matn (PDF)
Yuklanmoqda...