TA‘LIM OLUVCHILARNING MUSTAQIL FIKRLASH VA TADQIQOTCHILIK KO‘NIKMALARINI RIVOJLANTIRISH ORQALI KADRLAR RAQOBATBARDOSHLIGINI TA‘MINLASH MEXANIZMLARI (697-702-bet)
Annotatsiya
Ushbu tezisda ta‘lim oluvchilarning mustaqil fikrlash va tadqiqotchilik ko‘nikmalarini rivojlantirish orqali kadrlar raqobatbardoshligini ta‘minlashning zamonaviy mexanizmlari tadqiq etilgan. Bugungi globallashuv va jadal texnologik rivojlanish davrida faqatgina tayyor nazariy bilimlarni o‘zlashtirgan mutaxassislar emas, balki muammolarni mustaqil tahlil qila oladigan, innovatsion g‘oyalarni ilgari suradigan va ilmiy-tadqiqot usullarini amaliyotda qo‘llay oladigan raqobatbardosh kadrlarga ehtiyoj yuqoridir. Maqolada oliy va professional ta‘lim tizimida talabalarning mustaqil ishlarini tizimli tashkil etish, loyihaga asoslangan ta‘lim (PBL), muammoli o‘qitish texnologiyalari va talabalarni ilmiy-tadqiqot jarayonlariga integratsiya qilish yo‘llari tahlil qilingan. Shuningdek, bo‘lajak mutaxassislarning kasbiy moslashuvchanligini oshirish bo‘yicha pedagogik strategiyalar va institutsional mexanizmlar ishlab chiqilgan.
Bibliografik iqtibos
Tashmetova Gulnoza Sadriddinovna. TA‘LIM OLUVCHILARNING MUSTAQIL FIKRLASH VA TADQIQOTCHILIK KO‘NIKMALARINI RIVOJLANTIRISH ORQALI KADRLAR RAQOBATBARDOSHLIGINI TA‘MINLASH MEXANIZMLARI // “UZLUKSIZ TA’LIM TIZIMIDA MALAKALI MUTAXASSISLARNI TAYYORLASHNING MUAMMO VA YECHIMLARI: 5 E MODELI MOHIYATI, XORIJIY TAJRIBALAR”. GULISTON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI, 2026, B.697-702. — https://konferensiya.gspi.uz/maqola/1060
Yuklanmoqda...