BOSHLANG‘ICH TA‘LIMDA STEAM YONDASHUVI ASOSIDA TABIIY FANLARNI O‘QITISH METODIKASI (900-905-bet)
Annotatsiya
Ushbu maqolada zamonaviy ta‘lim paradigmasi sharoitida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining kognitiv faolligini oshirish hamda tabiiy fanlarga oid kompetensiyalarini shakllantirishda STEAM (Science, Technology, Engineering, Arts, Mathematics) texnologiyasining metodologik asoslari tadqiq etiladi. Ta‘limni raqamlashtirish va integratsiyalashgan yondashuvlar davrida o‘quvchilarda tanqidiy tafakkur, kreativlik va muammolarga tizimli yondashish ko‘nikmalarini rivojlantirish zarurati bilan asoslanadi. Boshlang‘ich ta‘limda tabiiy fanlar va interfaol o‘qitish metodlari uyg‘unligida STEAM yondashuvini tatbiq etishning pedagogik modelini ishlab chiqish va uning didaktik samaradorligini empirik tahlillar asosida isbotlashdan iborat. Tadqiqot davomida tizimli yondashuv, loyihaviy-tadqiqotchi metod (PBL), kontent-tahlil hamda variativ o‘qitish modellarining qiyosiy-pedagogik tahlili kabi metodlardan foydalanildi. Natijalar STEAM yondashuvi asosida tashkil etilgan o‘quv jarayoni o‘quvchilarning tabiiy-ilmiy tushunchalarni o‘zlashtirish ko‘rsatkichini an‘anaviy metodikaga nisbatan sezilarli darajada (25-30% gacha) optimallashtirishini ko‘rsatdi. Boshlang‘ich sinf yosh xususiyatlarini inobatga olgan holda fanlararo uzviylikni ta‘minlovchi STEAM-modullari va ularni interfaol strategiyalar bilan sinxronlashtirish algoritmi taklif etilgan. Mazkur ishlab chiqilgan metodik tavsiyalar boshlang‘ich ta‘limning yangilangan o‘quv dasturlarini boyitishda, o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini oshirishda hamda integratsiyalashgan darsliklarning metodik ta‘minotini takomillashtirishda konseptual asos bo‘lib xizmat qiladi.
Bibliografik iqtibos
Farida Begimkulova Abduraim qizi. BOSHLANG‘ICH TA‘LIMDA STEAM YONDASHUVI ASOSIDA TABIIY FANLARNI O‘QITISH METODIKASI // “UZLUKSIZ TA’LIM TIZIMIDA MALAKALI MUTAXASSISLARNI TAYYORLASHNING MUAMMO VA YECHIMLARI: 5 E MODELI MOHIYATI, XORIJIY TAJRIBALAR”. GULISTON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI, 2026, B.900-905. — https://konferensiya.gspi.uz/maqola/1094
Yuklanmoqda...