MAKTABGACHA TA‘LIM TASHKILOTI TARBIYACHILARINI TAYYORLASHDA XORIJIY TAJRIBALARDAN FOYDALANISH (974-984-bet)
Annotatsiya
Mazkur tezisda maktabgacha ta‘lim tashkiloti tarbiyachilarini tayyorlash tizimini takomillashtirish masalasi dolzarb muammo sifatida ko‘rib chiqiladi. Global ta‘lim makonida O‘zbekistonning integratsiyalashuvi sharoitida zamonaviy tarbiyachining kasbiy kompetentligini oshirish, uning pedagogik mahoratini xalqaro standartlar darajasiga olib chiqish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Tadqiqotning asosiy maqsadi – rivojlangan xorijiy mamlakatlarning maktabgacha ta‘lim sohasidagi tarbiyachilarni tayyorlash bo‘yicha ilg‘or tajribalarini chuqur tahlil qilish, ularning samarali jihatlarini aniqlash hamda O‘zbekistonning milliy ta‘lim tizimiga moslashtirish mexanizmlarini ishlab chiqishdan iborat.Ishda qiyosiypedagogik tahlil, sistemali yondashuv, xorijiy adabiyotlar, o‘quv dasturlari va me‘yoriy hujjatlarni o‘rganish kabi tadqiqot usullaridan foydalanildi. Natijada, Finlyandiya, Singapur, Janubiy Koreya, Germaniya kabi mamlakatlardagi tarbiyachilarni tayyorlashning o‘ziga xos xususiyatlari, xususan, amaliyotga yo‘naltirilgan ta‘lim, uzluksiz kasbiy rivojlanish modullari, innovatsion pedagogik texnologiyalarni qo‘llash amaliyoti atroflicha o‘rganildi.
Bibliografik iqtibos
Abdullayeva H. O.. MAKTABGACHA TA‘LIM TASHKILOTI TARBIYACHILARINI TAYYORLASHDA XORIJIY TAJRIBALARDAN FOYDALANISH // “UZLUKSIZ TA’LIM TIZIMIDA MALAKALI MUTAXASSISLARNI TAYYORLASHNING MUAMMO VA YECHIMLARI: 5 E MODELI MOHIYATI, XORIJIY TAJRIBALAR”. GULISTON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI, 2026, B.974-984. — https://konferensiya.gspi.uz/maqola/1109
Yuklanmoqda...