MUSIQA TO‘GARAKLARI ORQALI BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNI ESTETIK DIDINI SHAKLLANTIRISH (392-394-bet)
Annotatsiya
Mazkur maqolada O‘zbekistonda bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarini estetik didini oshirishda xalq qo‘shiqlaridan foydalanish va uzluksiz ta‘limda o‘quvchilarni badiiy-estetik tarbiyalashning o‘ziga xosliklari, vositalari yoritib berilgan. stetikada nafislik, go‘zallik, abadiiy navqironlik, jozibadorlik xalq musiqasiga xos Eoliyjanob xususiyat hisoblanadi. Xalqning tarixi, madaniyati, yashash tarzini o‘zida mujassamlashtirgan xalq musiqasini yosh avlod qalbiga , ongiga qanchalik erta singdirilsa bu jamiyat uchun ham va shu jamiyatning ertangi bunyodkorlari uchun ham shunshalik foydalidir. Shuning uchun ham Respublikamizda ta‘limni milliy asoslarda shakllantirishda xalqimizning milliy madaniyati, qadriyatlariga ustuvor ahamiyat berildi. Natijada milliy madaniy qadriyatlar tizimida muhim mavqeiga ega bo‘lgan xalq musiqa ijodiyotini ta‘limt arbiya jarayoniga keng tadbiq etish imkoniyatlari yuzaga keldi. Musiqa insonning tarbiyasida juda muhim o‘rin tutadi. Musiqa tarbiyasi bo‘yicha xalqaro jamiyatning IX konferensiyasida uqtirilganidek, musiqa insonning ma‘naviy dunyosiga chuqur ta‘sir ko‘rsatadi va unga o‘zining har qanday faoliyat sohasida, har qanday kasb-korida zarur bo‘ladigan ijodiy qobiliyatlarini namoyon qilishda yordam beradi. Umumiy o‘rta ta‘lim maktablarining yangidan yaratilgan musiqa fani bo‘yicha o‘quv dasturi va darsliklariga kiritilgan xalq musiqa ijodiyotiga mansub kuy, qo‘shiqlar sirasida xalq qo‘shiqlari salmoqli o‘rin tutadi. Xalq qo‘shiqlari o‘z ifodaviy mazmuniga ko‘ra qudratli tarbiyaviy kuchga ega bo‘lgan san‘at hisoblanadi. Xalq ijtimoiy hayotining eng muhim qirralarini o‘ziga xos badiiy inikosi sifatida an‘anaviylik va vorisiylik asosida avloddan–avlodga o‘tib kelayotgan va ularning ta‘sirida zamonaviylik ruhida yaratilayotgan qo‘shiqlar o‘z tinglovchilariga bevosita yoki bilvosita axloqiy, estetik, tarbiyaviy ta‘sirchanlik kuchi bilan ajralib turadi. Musiqa to‘garaklarida xalq qo‘shiqlarini tinglash, o‘rganish, kuylash va ular haqidagi muxtasar ma‘lumotlar bilan tanishish jarayonida o‘quvchilar xalqimizning milliy o‘zligining eng muhim jihatlari, ya‘ni, tili, tarixi, adabiyoti, ma‘daniyati va etnografiyasi bilan yaqindan tanishib boradilar. Xalq qo‘shiqlarining mazmunida aks etgan vatanparvarlik, insonparvarlik, qahramonlik, ota-onani e‘zozlash , kattalarga hurmat, kichiklarni izzat qilish, to‘g‘rilik, halollik, poklik, imon va e‘tiqodga chorlovchi yuksak g‘oyalar o‘quvchi shaxsida milliy ong va milliy mafkurani shakllantirishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Musiqa darslarini rejalashtirish va tashkil etish jarayonida musiqa o‘qituvchilariga beriladigan mustaqil repertuar tanlash imkoniyati bu ishga jiddiy ma‘suliyat va ehtiyotkorlik bilan hamda ijodiy yondashishni talab qiladi.Shu bois dars va darsdan tashqari faoliyatlarda, musiqa to‘garaklarida olib boriladigan musiqa ta‘limi va tarbiyasida xalq qo‘shiqlarini o‘quvchilarning yoshi, musiqiy tayyorgarligi, individual, estetik, psixologik, fiziologik imkoniyatlari va qiziqis
Bibliografik iqtibos
Majidov Dilshod. MUSIQA TO‘GARAKLARI ORQALI BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNI ESTETIK DIDINI SHAKLLANTIRISH // MEDIAMAKONDA AXBOROT MADANIYATINI SHAKLLANTIRISHNING IJTIMOIY-FALSAFIY MUAMMOLARI. GULISTON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI, 2024, B.392-394. — https://konferensiya.gspi.uz/maqola/1265
Yuklanmoqda...