Ilmiy nashrlar bazasi

Institut ilmiy merosi — bir manzilda

Konferensiyalar, ularda chop etilgan maqolalar va monografiyalar arxivi. Qidiring, o'qing, yuklab oling.

—konferensiya
—maqola
—monografiya
Konferensiyalar

BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARINING DARSGA PSIXOLOGIK TAYYORGARLIK MUAMMOSI (528-529-bet)

Muallif: Xudoynazarov Sherzod Axmad o‘g‘li; Umurzoqova Naflsa Sur‘at qizi
Konferensiya: MEDIAMAKONDA AXBOROT MADANIYATINI SHAKLLANTIRISHNING IJTIMOIY-FALSAFIY MUAMMOLARI (2024)
Manzil: GULISTON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
Annotatsiya
Ushbu maqolada maktabdagi bo‘shlang‘ich ta‘lim o‘qituvchilarining darsga psixologik tayyorgarlik darajasi va darsni tashkillashtirishda, bolalar bilan ishlashda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan sabablar yuzasidan ko‘rsatma va tavsiyalar berilmoqda. qituvchi ilg‘or rivojlanayotgan davlatimizning asosiy yetakchisi ekanliligi bugungi O‘kunda sir emas. Ilg‘or bilimlarga ega bo‘lgan yoshlarni tarbiyalashda pedagoglarning har tomonlama mustahkam bilimlar bilan qurollanishi kelajak avlodni kelajagi buyuk davlatga mos avlod sifatida tarbiyalash vazifasi turganligini unutmasliklari shartdir. Yurtimizda maktab va o‘qituvchi, o‘quvchilarga qaratilayotgan e‘tibor bugungi kunda tahsinga sazovor desam mubolag‘a bo‘lmaydi. Maktab ta‘lim go‘shasi yurtimizda maktabga qaratilayotgan etibor bu ta‘limning qanchalar yurt taraqqiyotiga ahamiyatli ekanligini ko‘rsatib bermoqda. Xususan, 2021-2022 o‘quv yilidan boshlab 1va 2-sinflarda 252 ta yangi nomdagi zamonaviy darsliklar, o‘quvchilarning mashq daftarlari hamda pedagoglar uchun o‘quv qo‘llanmalar joriy qilingan. Bu kitoblar o‘quvchi va o‘qituvchilar uchun darsga tayyorgarlik va vazifalarni bajarishda yengillik va qulayliklar tug‘dirmoqdadir . Umumiy o‘rta ta‘lim tashkilotining birinchi sinfiga bolalar yetti yoshga to‘lgan yildan qabul qilinadi. Bu albatta yosh bolalarda ma‘lum psixologik muommolar va boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida ham muammoli vaziyatlarni yuzaga keltiradi. Bolalar sevimli bog‘chalaridan ayrilib maktabga qadam qo‘yar ekan o‘zlarining sevimli bog‘cha opalarini unutmagan va o‘zlarining ideal shaxslarini almashtirishda qiyinchiliklarga uchraydi, bunday muammolar o‘qituvchilardagi darsga psixologik tayyorgarlik darajasi bilan belgilanadi, o‘qituvchining psixologik tayyorgarliligi bolalarning muhabbatini qozonishiga sabab bo‘ladi. Boshlang‘ich ta‘lim maktab ta‘limining eng qiyin va murakkab bo‘lgan davridir. Bu davrda berilgan bilimlar bolaning xotirasida o‘chmas iz qoldiribgina qolmasdan, birinchi ustoz ,hayotining unutilmas lag‘zalarini arg‘umon etgan shaxs sifatida qalbida ham umrboqiy yashaydi. Boshlang‘ich ta‘lim umumiy o‘rta ta‘limni davom ettirish uchun zarur bo‘lgan savodxonlik, bilim, malaka va ko‘nikmalar asoslarini shakllantirishga qaratilgan davrdir. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi bolalarni ijtimoiylashtirishda va bilim malakalarni egallashda yaqindan yordam berib boradi. Bu davrda tayanch o‘rta ta‘lim o‘quv dasturiga muvofiq ta‘lim oluvchilarga bilim, malaka va ko‘nikmalarning zaruriy hajmini beradi, ularda mustaqil fikrlash va tahlil qilish qobiliyatini rivojlantirishga doir. 2020 yil 23 sentabrda qabul qilingan qonun va uning asosida ta‘lim tizimini tashkil etish hamda boshqarish ishlari amalga oshirib kelinmoqda. Qonun 11 bob va 75 moddadan iborat. Qonunda boshlang‘ich ta‘limga oid quyidagi yo‘nalishlarda normalar belgilangan: a)asosiy tushunchalar izohi; b)boshlang‘ich ta‘limni tashkil etish huquqlari va majburiyatlari; v) boshlang‘ich ta‘lim jarayonini boshqarish asoslari; g) boshlang‘
Bibliografik iqtibos
Xudoynazarov Sherzod Axmad o‘g‘li, Umurzoqova Naflsa Sur‘at qizi. BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARINING DARSGA PSIXOLOGIK TAYYORGARLIK MUAMMOSI // MEDIAMAKONDA AXBOROT MADANIYATINI SHAKLLANTIRISHNING IJTIMOIY-FALSAFIY MUAMMOLARI. GULISTON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI, 2024, B.528-529. — https://konferensiya.gspi.uz/maqola/1317
To'liq matn (PDF)
Yuklanmoqda...