Ilmiy nashrlar bazasi

Institut ilmiy merosi — bir manzilda

Konferensiyalar, ularda chop etilgan maqolalar va monografiyalar arxivi. Qidiring, o'qing, yuklab oling.

—konferensiya
—maqola
—monografiya
Konferensiyalar

AHOLINI IJTIMOIY HIMOYA QILISH TIZIMIDA IJTIMOIY ISH KASBINING AHAMIYATI (633-636-bet)

Muallif: Ro‘zimatov Elbek Erkinjon o‘gli (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti); Umatqulova Go‘zal Inomjon qizi (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti)
Konferensiya: MEDIAMAKONDA AXBOROT MADANIYATINI SHAKLLANTIRISHNING IJTIMOIY-FALSAFIY MUAMMOLARI (2024)
Manzil: GULISTON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
Annotatsiya
Inson yashar ekan hayoti davomida turli xil muammolarga duch keladi. Bu muammolarni yengib o‘tishda kimdandur qandaydur ma‘limotlar olish, yordam so‘rashi mumkin bo‘ladi. O‘zbek xalqi azal-azaldan shaxsiy muammolarini ota-onaga aytib ular bilan birgalikda yechishgan. Hozirgi kunga kelib zamonaviy jamiyatga mos ravishda insonlarning ham muammolari o‘zgarib bormoqda. Bu muammolardan kelib chiqqan holda endi insonlar ijtimoiy ish xodimlariga murojaat qilishmoqda. Ijtimoiy ish xodimi kim degan savolga quyida javob berib o‘tamiz. Ijtimoiy xodim – mahallada ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxs va oilalarga ijtimoiy hizmatlar ko‘rsatishni tashkil etadigan yoki bevosita ijtimoiy hizmatlarni ko‘rsatadigan, zarur kasbiy bilim va yetarli ko‘nikmaga hamda ish tajribasiga ega bo‘lgan mutaxxasis. [1] Ijtimoiy ish - bu yordamga muhtoj bo‘lgan va o‘z hayotiy muammolarini mustaqil ravishda hal qila olmaydigan va ko‘p hollarda yashashga qodir bo‘lmagan odamlarga yordam ko‘rsatishga qaratilgan faoliyatning alohida turi. Hozirgi jahon amaliyotida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari – qariyalar, nogironlar, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar, og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan shaxslar, jumladan, bolalar bilan ishlash mutaxassislar – ijtimoiy soha xodimlari tomonidan tashkil etiladi va amalga oshiriladi. [2] O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 1-iyundagi “Ahliga sifatli ijtimoiy hizmat va yrdam ko‘rsatish hamda uning samarali nazorat tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kompleks choratadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni bilan tashkil etilgan. Mana shu agentlik orqali insonlardagi turli muammolarga yechim topiuvchi ijtimoiy xodimlar faoliyatini olib boradilar. Maqolamizda ijtimoiy ish tarixi va uning hozirgi kundagi dolzarbligi, ijtimoiy ish xodimlarining axloqiy tartiblari haqida va ijtimoiy ish faoliytini aholiga yetkazish haqida ma‘lumotlar keltirib o‘tilgan.
Kalit so'zlar: Ijtimoiy ish, ijtimoiy xodim, ijtimoiy ish tarixi, Itimoiy himoya milliy agentligi, ijtimoiy ishchilar “Axloq kodeksi”
Bibliografik iqtibos
Ro‘zimatov Elbek Erkinjon o‘gli, Umatqulova Go‘zal Inomjon qizi. AHOLINI IJTIMOIY HIMOYA QILISH TIZIMIDA IJTIMOIY ISH KASBINING AHAMIYATI // MEDIAMAKONDA AXBOROT MADANIYATINI SHAKLLANTIRISHNING IJTIMOIY-FALSAFIY MUAMMOLARI. GULISTON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI, 2024, B.633-636. — https://konferensiya.gspi.uz/maqola/1360
To'liq matn (PDF)
Yuklanmoqda...