ZAMONAVIY O‘QITUVCHINING METODIK TAYYORGARLIGIDA JADIDLAR MEROSI VA RAQAMLI PEDAGOGIKANING O‘RNI (621-625-bet)
Annotatsiya
.Ushbu maqolada zamonaviy ta’lim tizimida raqamli texnologiyalarning jadallashuvi sharoitida bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy-metodik kompetensiyalarini shakllantirish muammolari tahlil qilinadi. Tadqiqotning maqsadi jadid ma’rifatparvarlarining pedagogik qarashlari va hozirgi davr raqamli pedagogikasi o‘rtasida kompetensiyaviy yondashuv nuqtai nazaridan metodik uzviy bog‘liqlikni aniqlashdir. Tadqiqot jarayonida jadidlar merosining zamonaviy o‘qituvchi metodikasiga integratsiya imkoniyatlari qiyosiy tahlil qilindi. Natijalarda jadidlar ilgari surgan faol metodlar (munozara, guruhli tahlil, sahnalashtirish) raqamli muhitda talabalar faolligini 35–40% ga oshirishga xizmat qilishi, pedagogik taktikani boyitishi isbotlandi. Maqolada shuningdek, raqamli pedagogik kompetensiyaning tuzilmasi, o‘qituvchining reflektiv yondashuvi va pedagogik kreativligi masalalari yoritiladi. Tadqiqot natijalariga asoslanib, jadidlar merosini raqamli ta’lim muhitiga integratsiya qilish bo‘yicha metodik tavsiyalar ishlab chiqildi.
Bibliografik iqtibos
Islamova Durdonaxon Rustamxon qizi. ZAMONAVIY O‘QITUVCHINING METODIK TAYYORGARLIGIDA JADIDLAR MEROSI VA RAQAMLI PEDAGOGIKANING O‘RNI // Jamiyat barqarorligini ta’minlashda kadrlar salohiyatini yuksaltirishning ijtimoiy-falsafiy muammolari. GULISTON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI, 2026, B.621-625. — https://konferensiya.gspi.uz/maqola/137
Yuklanmoqda...