BO‘LAJAK PEDAGOGLARNI TAYYORLASHDA JADIDLAR MEROSI VA 5E MODELI INTEGRATSIYASI (59-63-bet)
Annotatsiya
Maqolada bo‘lajak pedagoglarni kasbiy jihatdan tayyorlash jarayonida jadid ma’rifatparvarlarining pedagogik merosi hamda 5E (Engage, Explore, Explain, Elaborate, Evaluate) modeli integratsiyasining nazariy-metodik asoslari tahlil qilinadi. Tadqiqotda zamonaviy raqamli ta’lim muhitida “Pedagogika tarixi” modulini o‘qitishda jadidlarning ta’lim-tarbiyaga oid qarashlarini innovatsion pedagogik texnologiyalar bilan uyg‘unlashtirish masalalari yoritilgan. Shuningdek, 5E modelining bosqichlari orqali talabalarda mustaqil fikrlash, tarixiy-pedagogik tafakkur, kasbiy refleksiya hamda milliy qadriyatlarga asoslangan pedagogik kompetensiyalarni shakllantirish imkoniyatlari ochib berilgan. Maqolada jadidlar merosiga tayangan holda interfaol va talaba markazli ta’limni tashkil etishning metodik yondashuvlari 59 ishlab chiqilgan bo‘lib, ularning pedagog kadrlar tayyorlash sifatini oshirishdagi ahamiyati asoslab beriladi.
Bibliografik iqtibos
Islamova Durdonaxon Rustamxon qizi. BO‘LAJAK PEDAGOGLARNI TAYYORLASHDA JADIDLAR MEROSI VA 5E MODELI INTEGRATSIYASI // “UZLUKSIZ TA’LIM TIZIMIDA MALAKALI MUTAXASSISLARNI TAYYORLASHNING MUAMMO VA YECHIMLARI: 5 E MODELI MOHIYATI, XORIJIY TAJRIBALAR”. GULISTON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI, 2026, B.59-63. — https://konferensiya.gspi.uz/maqola/138
Yuklanmoqda...