KREDIT MODUL TIZIMIDA TALABALARDA SPORT MUSOBAQALARNI O‘TKAZISH VA HAKAMLIK QILISH KOMPETENSIYALARINI TAKOMILLASHTIRISH (72-75-bet)
Annotatsiya
Mazkur maqolada kredit-modul tizimi sharoitida talabalarda sport musobaqalarini tashkil etish va hakamlik qilish kompetensiyalarini takomillashtirish masalalari ilmiy-pedagogik jihatdan tahlil etilgan. Tadqiqot jarayonida voleybol sporti misolida mamlakatimizda shakllangan sport musobaqalari tizimi, xususan “Umid nihollari”, “Barkamol avlod”, “Universiada” va “Talabalar ligasi” kabi ko‘p bosqichli musobaqalarning ahamiyati ochib berilgan. Kredit-modul tizimining talabalarning nazariy bilimlarini amaliy faoliyat bilan integratsiya qilishdagi o‘rni asoslab berilib, ularning tashkiliy, hakamlik va boshqaruv kompetensiyalarini rivojlantirish mexanizmlari yoritilgan. Shuningdek, innovatsion pedagogik texnologiyalar va interfaol metodlar asosida talabalarning kasbiy tayyorgarligini oshirishning samarali yo‘llari ko‘rsatib berilgan. Tadqiqot natijalari sport ta‘limi tizimida raqobatbardosh, yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash uchun muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga ega.
Bibliografik iqtibos
Izzatullayev Sunnatulla Shermuxammad o‘g‘li. KREDIT MODUL TIZIMIDA TALABALARDA SPORT MUSOBAQALARNI O‘TKAZISH VA HAKAMLIK QILISH KOMPETENSIYALARINI TAKOMILLASHTIRISH // Jamiyat barqarorligini ta’minlashda kadrlar salohiyatini yuksaltirishning ijtimoiy-falsafiy muammolari. GULISTON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI, 2026, B.72-75. — https://konferensiya.gspi.uz/maqola/1654
Yuklanmoqda...