OLIY TA‘LIMDA BO‘LAJAK MUTAXASSISLARNI MA‘NAVIY-AXLOQIY TAYYORLASHNING INNOVATSION USULLARI (100-102-bet)
Annotatsiya
Oliy ta‘lim tizimida kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalardan tashqari, bo‘lajak mutaxassislarning ma‘naviy-axloqiy jihatdan shakllanishi ham dolzarb masalalardan biri, ayni vaqtning muhim ehtiyojiga aylangan. Ma‘naviy-axloqiy tarbiya zamonaviy taraqqiyotga hamnafas insonlarni yetishtirishda asosiy zamin bo‘lib xizmat qiladi. Yangi asr ilmiy-texnika yutuqlari, globallashuv jarayonlari va axborot texnologiyalari bilan birga, insonga uning ichki dunyosi, axloqiy fazilatlari, ma‘naviy kamolotini ehtiyoj sifatida ko‘rsatmoqda. Zamonaviy jamiyat taraqqiyoti, individ sifatida insonning yetuk va barkamol shaxs bo‘lib yetishishi, uning ichki olami, dunyoqarashi, hayotga va atrofdagilarga nisbatan munosabati, axloqiy qarashlari va ma‘naviy-ruhiy kuchiga chambarchas bog‘liq. Bu esa, ayniqsa, yoshlarning yetuk mutaxassis bo‘lib kamolga yetishishida, oliy ta‘lim muassasalarining mas‘uliyatini orttiradi.
Bibliografik iqtibos
Daniyarov Sayfiddin To‘ychiyevich. OLIY TA‘LIMDA BO‘LAJAK MUTAXASSISLARNI MA‘NAVIY-AXLOQIY TAYYORLASHNING INNOVATSION USULLARI // Jamiyat barqarorligini ta’minlashda kadrlar salohiyatini yuksaltirishning ijtimoiy-falsafiy muammolari. GULISTON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI, 2026, B.100-102. — https://konferensiya.gspi.uz/maqola/1662
Yuklanmoqda...