YUQORI SINF O‘QUVCHILARIDA ESTETIK TA‘LIM VA TARBIYANI RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI (120-121-bet)
Annotatsiya
Mazkur tezisda yuqori sinf o‘quvchilarida estetik tarbiya va ta‘limni rivojlantirishning nazariy asoslari tahlil qilinadi. Estetik tarbiyaning mazmun-mohiyati, uning shaxs kamolotidagi o‘rni, zamonaviy pedagogik yondashuvlar asosida estetik did va tafakkurni shakllantirish masalalari yoritilgan. Shuningdek, o‘quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishda san‘at, adabiyot va madaniyatning integrativ ahamiyati asoslab beriladi. Estetik tarbiya bu – o‘quvchilarga voqelikdagi, san‘atdagi, tabiatdagi kishilarning ijtimoiy va mehnat munosabatlaridagi, turmushdagi go‘zallikni idrok qilish handa to‘g‘ri tushunishga o‘rgatish, ularning badiiy didini o‘stirish, ularda go‘zallikka muhabbat tuyg‘usini uyg‘otish va hayotga go‘zallik olib kirish qobiliyatlarini tarbiyalashdir.
Bibliografik iqtibos
Shodiya Yoqubjonova G‘ayratovna. YUQORI SINF O‘QUVCHILARIDA ESTETIK TA‘LIM VA TARBIYANI RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI // Jamiyat barqarorligini ta’minlashda kadrlar salohiyatini yuksaltirishning ijtimoiy-falsafiy muammolari. GULISTON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI, 2026, B.120-121. — https://konferensiya.gspi.uz/maqola/1669
Yuklanmoqda...