YOSHLARDAGI DEVIANT XULQ-ATVORNING KADRLAR SALOHIYATIGA TA‘SIRI. IJTIMOIY-FALSAFIY TAHLIL (122-125-bet)
Annotatsiya
Mazkur maqolada yoshlardagi deviant xulq-atvorning kadrlar salohiyatiga ta‘siri ijtimoiy-falsafiy nuqtai nazardan tahlil qilinadi. E.Durkheim anomiya nazariyasi, R.Merton adaptatsiya modeli, T.Hirschi ijtimoiy nazorat nazariyasi va A.Bandura ijtimoiy o‘rganish nazariyasi metodologik asos sifatida qo‘llanilib, yoshlardagi deviant xulq-atvorning ildizlari, shakllari va kadrlar salohiyatiga zararli ta‘siri ochib beriladi. O‘zbekiston sharoitidagi statistik ma‘lumotlar tahlilga jalb etiladi. Maqolada deviant xulq-atvorning profilaktikasida ijtimoiy ish amaliyoti, mahalla instituti va ta‘lim tizimining hamkorlikdagi roli asoslab ko‘rsatiladi.
Bibliografik iqtibos
Jabborova Sabrina G‘olibjon qizi, Temirova Nilufar Erkinovna. YOSHLARDAGI DEVIANT XULQ-ATVORNING KADRLAR SALOHIYATIGA TA‘SIRI. IJTIMOIY-FALSAFIY TAHLIL // Jamiyat barqarorligini ta’minlashda kadrlar salohiyatini yuksaltirishning ijtimoiy-falsafiy muammolari. GULISTON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI, 2026, B.122-125. — https://konferensiya.gspi.uz/maqola/1670
Yuklanmoqda...