Ilmiy nashrlar bazasi

Institut ilmiy merosi — bir manzilda

Konferensiyalar, ularda chop etilgan maqolalar va monografiyalar arxivi. Qidiring, o'qing, yuklab oling.

—konferensiya
—maqola
—monografiya
Konferensiyalar

JAHON VA MILLIY TARBIYA KONSEPSIYALARI ASOSIDA KADRLAR SALOHIYATINI YUKSALTIRISHNING MA‘NAVIY-AXLOQIY JIHATLARI (126-129-bet)

Muallif: Isayeva Guli Parpiyevna (Guliston davlat pedagogika instituti); Jumayeva Mukarrama Bekzod qizi (Guliston davlat pedagogika instituti)
Konferensiya: Jamiyat barqarorligini ta’minlashda kadrlar salohiyatini yuksaltirishning ijtimoiy-falsafiy muammolari (2026)
Manzil: GULISTON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
Annotatsiya
Mazkur maqolada zamonaviy ta‘lim tizimida kadrlar salohiyatini yuksaltirishning dolzarb masalalari jahon va milliy tarbiya konsepsiyalari integratsiyasi asosida tahlil etiladi. Tadqiqotning asosiy e‘tibori kadrlar tayyorlash jarayonida ma‘naviy-axloqiy qadriyatlarning o‘rni va ahamiyatini aniqlashga qaratilgan. Shuningdek, maqolada globallashuv sharoitida shaxs kompetensiyalarini rivojlantirishda 5C modeli doirasida kommunikativlik, kreativlik, kollaboratsiya, tanqidiy fikrlash va fuqarolik ongining shakllanishi masalalari yoritilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, milliy va jahon tarbiya yondashuvlarini uyg‘unlashtirish orqali nafaqat kasbiy kompetensiyalar, balki shaxsning ma‘naviy barkamolligini ham ta‘minlash mumkin. Mazkur yondashuv kadrlar salohiyatini oshirishda tizimli va samarali metodik asos bo‘lib xizmat qiladi.
Kalit so'zlar: kadrlar salohiyati, jahon tarbiya konsepsiyalari, milliy tarbiya, 5C modeli, kompetensiya, globallashuv, ta‘lim tizimi
Bibliografik iqtibos
Isayeva Guli Parpiyevna, Jumayeva Mukarrama Bekzod qizi. JAHON VA MILLIY TARBIYA KONSEPSIYALARI ASOSIDA KADRLAR SALOHIYATINI YUKSALTIRISHNING MA‘NAVIY-AXLOQIY JIHATLARI // Jamiyat barqarorligini ta’minlashda kadrlar salohiyatini yuksaltirishning ijtimoiy-falsafiy muammolari. GULISTON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI, 2026, B.126-129. — https://konferensiya.gspi.uz/maqola/1671
To'liq matn (PDF)
Yuklanmoqda...