BARQAROR RIVOJLANISH SHAROITIDA KADRLAR SALOHIYATINI BAHOLASHDA TASHKILIY-BOSHQARUV KOMPETENSIYALARINING O‘RNI (181-184-bet)
Annotatsiya
Mazkur maqolada barqaror rivojlanish sharoitida kadrlar salohiyatini baholashda tashkiliy-boshqaruv kompetensiyalarining o‘rni tahlil qilinadi. Ta‘lim tizimida o‘quvchi va talabalar muayyan fanlar, kasbiy bilimlar va amaliy ko‘nikmalarni egallashga yo‘naltirilgan bo‘lsa-da, ularning kelajakda rahbarlik, tashkilotchilik, jamoani boshqarish, qaror qabul qilish, ijtimoiy mas‘uliyat va strategik fikrlash kabi boshqaruvga oid kompetensiyalarini shakllantirish hamda baholash masalasi yetarli darajada tizimlashtirilmagan. Ayrim oliy ta‘lim yo‘nalishlari malaka talablarida "tashkiliy-boshqaruv" faoliyati kasbiy faoliyat turi sifatida ko‘rsatilgan bo‘lsada, ushbu faoliyatga tayyorgarlikni aniqlovchi indikatorlar, o‘quv natijalari va baholash mexanizmlari har doim ham aniq ifodalanmaydi. Maqolada kadrlar salohiyatini baholashda boshqaruv kompetensiyalarini alohida mezon sifatida kiritish zarurati asoslanadi.
Bibliografik iqtibos
Choriyev Ro‘zimurat Kungratovich, Xalimov Zafar Xatamovich. BARQAROR RIVOJLANISH SHAROITIDA KADRLAR SALOHIYATINI BAHOLASHDA TASHKILIY-BOSHQARUV KOMPETENSIYALARINING O‘RNI // Jamiyat barqarorligini ta’minlashda kadrlar salohiyatini yuksaltirishning ijtimoiy-falsafiy muammolari. GULISTON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI, 2026, B.181-184. — https://konferensiya.gspi.uz/maqola/1695
Yuklanmoqda...