BARQAROR RIVOJLANISH SHAROITIDA KADRLAR SALOHIYATINI BAHOLASHNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI (220-223-bet)
Annotatsiya
Mazkur maqolada zamonaviy barqaror rivojlanish tamoyillari asosida tashkilot va korxonalarda kadrlar salohiyatini baholashning o‘ziga xos xususiyatlari va metodologik asoslari tadqiq etilgan. Maqolaning asosiy maqsadi — an‘anaviy baholash usullaridan farqli ravishda, xodimlarning nafaqat kasbiy malakasini, balki ularning ijtimoiy mas‘uliyati, moslashuvchanligi va ekologik tafakkurini hisobga oluvchi ko‘rsatkichlarni tahlil qilishdan iborat.Tadqiqot davomida kadrlar salohiyatini baholashda ESG (Environmental, Social,and Governance) mezonlarining o‘rni, intellektual kapitalni boshqarish va xodimlarning uzluksiz ta‘limga bo‘lgan ehtiyojini aniqlash masalalari yoritilgan. Maqolada barqaror iqtisodiy o‘sishni ta‘minlashda inson resurslari sifatini oshirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berilgan hamda raqamli iqtisodiyot sharoitida kompetensiyalarni baholashning yangi modellari taklif etilgan.
Bibliografik iqtibos
Maxmudova Charos Ravshan qizi, Yusufaliyeva Gulnora. BARQAROR RIVOJLANISH SHAROITIDA KADRLAR SALOHIYATINI BAHOLASHNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI // Jamiyat barqarorligini ta’minlashda kadrlar salohiyatini yuksaltirishning ijtimoiy-falsafiy muammolari. GULISTON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI, 2026, B.220-223. — https://konferensiya.gspi.uz/maqola/1707
Yuklanmoqda...