Ilmiy nashrlar bazasi

Institut ilmiy merosi — bir manzilda

Konferensiyalar, ularda chop etilgan maqolalar va monografiyalar arxivi. Qidiring, o'qing, yuklab oling.

—konferensiya
—maqola
—monografiya
Konferensiyalar

BARQAROR RIVOJLANISH SHAROITIDA KADRLAR SALOHIYATINI BAHOLASHNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI (229-231-bet)

Muallif: Nomozova Shahzoda Abdualim qizi (Guliston davlat pedagogika instituti)
Konferensiya: Jamiyat barqarorligini ta’minlashda kadrlar salohiyatini yuksaltirishning ijtimoiy-falsafiy muammolari (2026)
Manzil: GULISTON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
Annotatsiya
Ushbu ishda barqaror rivojlanish sharoitida kadrlar salohiyatini baholashning nazariy hamda amaliy jihatlari atroflicha tahlil etiladi. Bugungi globallashuv jarayonlari, iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda yuz berayotgan keskin o‘zgarishlar inson resurslariga bo‘lgan ehtiyojni yanada kuchaytirmoqda. Shu sababli tashkilotlar va jamiyat uchun kadrlar salohiyatini to‘g‘ri baholash, ularning bilim, ko‘nikma va kompetensiyalarini aniqlash muhim ahamiyat kasb etadi.Ayniqsa, barqaror rivojlanish konsepsiyasi doirasida inson kapitalining o‘rni alohida e‘tirof etilib, uni baholashning innovatsion usullari keng yoritib beriladi. Kadrlar salohiyatini baholash jarayonida nafaqat kasbiy bilim va tajriba, balki shaxsiy sifatlar, ijodkorlik, moslashuvchanlik hamda ijtimoiy faollik kabi omillar ham muhim ekani asoslab beriladi. Shuningdek, ishda baholashning an‘anaviy va zamonaviy metodlari o‘zaro solishtirilib, ularning afzalliklari va kamchiliklari tahlil qilinadi. Barqaror rivojlanish sharoitida kadrlar salohiyatini baholashning o‘ziga xos jihatlari sifatida tizimlilik, uzluksizlik, shaffoflik va adolatlilik tamoyillari alohida ta‘kidlanadi.Mazkur tadqiqot natijalari tashkilotlarda samarali boshqaruvni yo‘lga qo‘yish, kadrlar siyosatini takomillashtirish hamda inson kapitalidan oqilona foydalanishga xizmat qiladi. Bundan tashqari, tadqiqotda kadrlar salohiyatini baholashning amaliy mexanizmlariga alohida e‘tibor qaratilib, tashkilotlarda qo‘llanilayotgan ilg‘or tajribalar ham tahlil etiladi. Xususan, raqamli texnologiyalar asosida baholash jarayonlarini tashkil etish, ma‘lumotlar bazalari va sun‘iy intellektdan foydalanish orqali xodimlar salohiyatini aniqlashning samarali usullari ko‘rsatib beriladi. Bu esa baholash jarayonining aniqligi, tezkorligi va obyektivligini oshirishga xizmat qiladi.
Kalit so'zlar: barqaror rivojlanish, kadrlar salohiyati, inson kapitali, baholash tizimi, kasbiy malaka, innovatsion yondashuv, boshqaruv samaradorligi, shaxsiy sifatlar, moslashuvchanlik, kadrlar siyosati, strategik boshqaruv
Bibliografik iqtibos
Nomozova Shahzoda Abdualim qizi. BARQAROR RIVOJLANISH SHAROITIDA KADRLAR SALOHIYATINI BAHOLASHNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI // Jamiyat barqarorligini ta’minlashda kadrlar salohiyatini yuksaltirishning ijtimoiy-falsafiy muammolari. GULISTON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI, 2026, B.229-231. — https://konferensiya.gspi.uz/maqola/1711
To'liq matn (PDF)
Yuklanmoqda...