IJTIMOIY MA‘NAVIY JARAYONLAR VA KADRLAR SALOHIYATI O‘ZARO DEALIKTIKASI (310-313-bet)
Annotatsiya
maqolada ijtimoiy-ma‘naviy jarayonlar va kadrlar salohiyati o‘rtasidagi o‘zaro dialektik bog‘liqlik chuqur tahlil qilinadi. Jamiyat taraqqiyotida ma‘naviy muhitning o‘rni, uning inson kapitalini shakllantirishdagi ahamiyati hamda kadrlar salohiyatining ijtimoiy rivojlanishga ta‘siri ilmiy-nazariy asosda yoritib beriladi. Shuningdek, ijtimoiy-ma‘naviy qadriyatlar, ta‘lim tizimi, madaniy meros va innovatsion yondashuvlarning malakali kadrlarni shakllantirishdagi o‘rni tahlil qilinadi. Maqolada ijtimoiy jarayonlarning dinamik rivoji kadrlar sifatiga bevosita ta‘sir ko‘rsatishi, o‘z navbatida, yetuk va salohiyatli kadrlar jamiyatning ma‘naviyaxloqiy darajasini yuksaltirishda muhim omil ekanligi asoslab berilgan.Bundan tashqari, globallashuv sharoitida ma‘naviy tahdidlar, axborot oqimining keskin ortishi va zamonaviy talablar https://www.lex.uz/uz/docs/-7587464 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat fuqarolik xizmatini yangi yondashuvlar asosida tashkil etish hamda professional va natijadorlikka yo‘naltirilgan davlat xizmatchilari korpusini shakllantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”PF-95-sonli farmoni. kadrlar tayyorlash tizimiga yangi yondashuvlarni talab qilayotgani ko‘rsatib o‘tiladi. Ijtimoiyma‘naviy muhitning sog‘lomligi kadrlarning intellektual, axloqiy va kasbiy jihatdan barkamolligini ta‘minlashda asosiy omillardan biri sifatida talqin etiladi. Tadqiqot davomida davlat siyosati, ta‘lim-tarbiya tizimi va fuqarolik jamiyati institutlarining bu jarayondagi o‘rni ham yoritilgan. Mazkur ishda ijtimoiy-ma‘naviy jarayonlar va kadrlar salohiyati o‘rtasidagi uzviylik, ularning o‘zaro ta‘siri hamda dialektik rivojlanish qonuniyatlari ochib berilib, ushbu yo‘nalishda amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Bibliografik iqtibos
Shamsiyabonu Egamqulova Jamshid qizi. IJTIMOIY MA‘NAVIY JARAYONLAR VA KADRLAR SALOHIYATI O‘ZARO DEALIKTIKASI // Jamiyat barqarorligini ta’minlashda kadrlar salohiyatini yuksaltirishning ijtimoiy-falsafiy muammolari. GULISTON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI, 2026, B.310-313. — https://konferensiya.gspi.uz/maqola/1741
Yuklanmoqda...