Ilmiy nashrlar bazasi

Institut ilmiy merosi — bir manzilda

Konferensiyalar, ularda chop etilgan maqolalar va monografiyalar arxivi. Qidiring, o'qing, yuklab oling.

—konferensiya
—maqola
—monografiya
Konferensiyalar

ALI SAFIY ILMIY MEROSIDA BORLIQ VA BILISH MASALALARINING FALSAFIY TALQINI (344-345-bet)

Muallif: Mavlyanov Umid Nasriddinovich (Guliston davlat universiteti)
Konferensiya: Jamiyat barqarorligini ta’minlashda kadrlar salohiyatini yuksaltirishning ijtimoiy-falsafiy muammolari (2026)
Manzil: GULISTON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
Annotatsiya
Mazkur maqolada Temuriylar davrining ko‘zga ko‘ringan diniy va ilmiy arbobi, Xoja Ahrorning izdoshi va shogirdi, Husayn Boyqaro davlatida xos voiz sifatida faoliyat yuritgan Faxruddin Ali Safiyning ilmiy merosida borliq hamda bilish muammolarining qo‘yilishi va talqin etilishi tahlil qilinadi. Unda mutafakkirning ontologik qarashlari, “Vojib ul-vujud”, “Mumkin ul-vujud”, “Vahdat ul-vujud”, “Vahdat ul-mavjud” va “Vahdat ush-shuhud” kabi tushunchalarga munosabati yoritiladi. Shuningdek, Ali Safiy qarashlarida hissiy, aqliy, naqliy va irfoniy bilish shakllarining o‘zaro aloqadorligi, ularning diniy-falsafiy tafakkur tarixidagi o‘rni ochib beriladi. Maqolada allomaning borliq va bilish haqidagi qarashlari o‘z davrining diniy-irfoniy an‘analari bilan uyg‘un bo‘lishi bilan birga, ilmiy-falsafiy jihatdan ham muhim ahamiyat kasb etishi asoslanadi.
Kalit so'zlar: Ali Safiy, borliq, vujud, Vojib ul-vujud, Mumkin ul-vujud, vahdat ul-vujud, vahdat ul-mavjud, hissiy bilish, aqliy bilish, irfoniy bilish, tasavvuf, ontologiya, gnoseologiya
Bibliografik iqtibos
Mavlyanov Umid Nasriddinovich. ALI SAFIY ILMIY MEROSIDA BORLIQ VA BILISH MASALALARINING FALSAFIY TALQINI // Jamiyat barqarorligini ta’minlashda kadrlar salohiyatini yuksaltirishning ijtimoiy-falsafiy muammolari. GULISTON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI, 2026, B.344-345. — https://konferensiya.gspi.uz/maqola/1753
To'liq matn (PDF)
Yuklanmoqda...