Ilmiy nashrlar bazasi

Institut ilmiy merosi — bir manzilda

Konferensiyalar, ularda chop etilgan maqolalar va monografiyalar arxivi. Qidiring, o'qing, yuklab oling.

—konferensiya
—maqola
—monografiya
Konferensiyalar

INNOVATSION PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA YOSHLARNING MA‘NAVIY-AXLOQIY QIYOFASINI TAKOMILLASHTIRISH (395-398-bet)

Muallif: Vaxobov Ulug‘bek Bahodir o‘g‘li (Jizzax davlat pedagogika universiteti)
Konferensiya: Jamiyat barqarorligini ta’minlashda kadrlar salohiyatini yuksaltirishning ijtimoiy-falsafiy muammolari (2026)
Manzil: GULISTON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
Annotatsiya
Ushbu maqolada globallashuv va raqamli texnologiyalar jadal rivojlanayotgan hozirgi sharoitda yoshlarning ma‘naviy-axloqiy qiyofasini shakllantirishda innovatsion pedagogik texnologiyalarning samaradorligi ilmiy-nazariy jihatdan tadqiq etiladi. Tadqiqotda J.Dyuining «tajribaga asoslangan ta‘lim» nazariyasi, H.Gardnerning intellektlar nazariyasi va T.V.Musiyenkoning gamifikatsiyaga oid ilmiy qarashlari tahlil qilingan. Maqolada case-study, SWOT, FSMU, rolli o‘yinlar, Kahoot! va Quizizz kabi innovatsion metodlar va zamonaviy raqamli platformalarning yoshlar ma‘naviy-axloqiy tarbiyasiga tatbiqi ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, innovatsion pedagogik texnologiyalar an‘anaviy metodlarga nisbatan yoshlarning qadriyatlar tizimini shakllantirish, mustaqil axloqiy tafakkurini rivojlantirish va mafkuraviy ta‘sirlarga nisbatan ichki immunitetini mustahkamlashda ancha yuqori samara beradi. Maqola oxirida ta‘lim muassasalari va pedagog-kadrlar uchun amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan. Maqola pedagog-amaliyotchilar, ta‘lim sohasidagi tadqiqotchilar va ilmiy-pedagogik jamoatchilik uchun mo‘ljallangan.
Kalit so'zlar: innovatsion pedagogik texnologiyalar, ma‘naviy-axloqiy tarbiya, yoshlar, gamifikatsiya, interfaol usullar, case-study, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, Kahoot, Quizizz
Bibliografik iqtibos
Vaxobov Ulug‘bek Bahodir o‘g‘li. INNOVATSION PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA YOSHLARNING MA‘NAVIY-AXLOQIY QIYOFASINI TAKOMILLASHTIRISH // Jamiyat barqarorligini ta’minlashda kadrlar salohiyatini yuksaltirishning ijtimoiy-falsafiy muammolari. GULISTON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI, 2026, B.395-398. — https://konferensiya.gspi.uz/maqola/1768
To'liq matn (PDF)
Yuklanmoqda...