DEVIANT XULQ-ATVORNING IJTIMOIY OMILLARI VA JAMIYAT BARQARORLIGIGA TA‘SIRI (481-485-bet)
Annotatsiya
Mazkur maqolada deviant xulq-atvorning ijtimoiy sabablari va jamiyat barqarorligiga ta‘siri O‘zbekiston misolida ijtimoiy-falsafiy nuqtai nazardan o‘rganiladi. Oilaviy muhit, tengdoshlar ta‘siri, iqtisodiy omillar va ijtimoiy institutlarning zaiflashuvi deviant xulqatvorni shakllantiradigan asosiy omillar sifatida ko‘rib chiqiladi. Maqolada deviant xulq-atvorning turli shakllari — giyohvandlik, jinoyatchilik, zo‘ravonlik va ijtimoiy passivlik tahlil qilinib, ularning jamiyat barqarorligiga va kadrlar salohiyatiga sistemali ta‘siri ochib beriladi. Profilaktikada mahalla instituti, oila va ijtimoiy ish xizmatlarining hamkorlik modeli tavsiya etiladi.
Bibliografik iqtibos
Jabborova Sabrina G‘olibjon qizi, Temirova Nilufar Erkinovna. DEVIANT XULQ-ATVORNING IJTIMOIY OMILLARI VA JAMIYAT BARQARORLIGIGA TA‘SIRI // Jamiyat barqarorligini ta’minlashda kadrlar salohiyatini yuksaltirishning ijtimoiy-falsafiy muammolari. GULISTON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI, 2026, B.481-485. — https://konferensiya.gspi.uz/maqola/1796
Yuklanmoqda...