“TARAQQIYOT STRATEGIYASI” MARKAZI FAOLIYATI TAHLILI (560-563-bet)
Annotatsiya
Ushbu maqolada “Taraqqiyot strategiyasi” markazining 2017–2026-yillarda amalga oshirilgan strategik islohotlarni jamoatchilik muhokamasi va ekspert tahlili bilan ta‘minlashdagi institutsional rolini tahlil qilingan. Bu tadqiqotda hujjatlarni tahlil qilish, funksional institutsional tahlil va qiyosiy tahlil usullari qo‘llanilgan. Markaz faoliyatiga doir ma‘lumotlarni tahlil qilishda markazning rasmiy veb-sayti, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari, nashr etilgan hisobotlari, “On Think Tanks” platformasi ma‘lumotlari, shuningdek, tegishli qonun hujjatlari va davlat dasturlaridan foydalanildi. Markazning faoliyatiga qisqacha to‘xtalsak, 2017–2026-yillar davomida 58 ta memorandum imzolagan, yiliga o‘rtacha 300 ga yaqin tadbir tashkil etgan, 60 dan ortiq qonun loyihalarini tahlil qilgan hamda 100 dan ortiq tahliliy maqolalar chop etgan Maqola tahlili aynan shularga qaratilgan.
Bibliografik iqtibos
Javokhir Ergashov Inomjon o‘g‘li. “TARAQQIYOT STRATEGIYASI” MARKAZI FAOLIYATI TAHLILI // Jamiyat barqarorligini ta’minlashda kadrlar salohiyatini yuksaltirishning ijtimoiy-falsafiy muammolari. GULISTON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI, 2026, B.560-563. — https://konferensiya.gspi.uz/maqola/1823
Yuklanmoqda...