YANGI O‘ZBEKISTON TARAQQIYOTIDA “AQL MARKAZLARI”NING AHAMIYATI (613-615-bet)
Annotatsiya
Mazkur tezisda Yangi O‘zbekiston sharoitida “aql markazlari”ning institutsional va funksional ahamiyati kompleks tarzda ilmiy tahlil qilinadi. Tadqiqotda globallashuv va siyosiy-modernizatsiya jarayonlari fonida davlat boshqaruvi tizimida ilmiy-tahliliy institutlarga bo‘lgan ehtiyojning ortib borishi asoslab beriladi. “Aql markazlari” tushunchasi zamonaviy siyosatshunoslik yondashuvlari asosida izohlanib, ularning davlat siyosatini shakllantirish, ekspertiza qilish, monitoring va baholashdagi o‘rni ochib beriladi. Tadqiqot ishi davomida sohaning dolzarb muammolari, xususan, malakali tahliliy kadrlar yetishmovchiligi va institutsional rivojlanishdagi cheklovlar aniqlanib, ularni bartaraf etishga qaratilgan ilmiy-amaliy takliflar ilgari suriladi.
Bibliografik iqtibos
Javokhir Egashov Inomjon o‘g‘li. YANGI O‘ZBEKISTON TARAQQIYOTIDA “AQL MARKAZLARI”NING AHAMIYATI // Jamiyat barqarorligini ta’minlashda kadrlar salohiyatini yuksaltirishning ijtimoiy-falsafiy muammolari. GULISTON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI, 2026, B.613-615. — https://konferensiya.gspi.uz/maqola/1839
Yuklanmoqda...