ZAMONAVIY JAMIYATDA OILAVIY MUAMMOLARNING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK SABABLARI VA ULARNI BARTARAF ETISH MEXANIZMLARI (641-645-bet)
Annotatsiya
Mazkur ilmiy maqolada zamonaviy jamiyat sharoitida oilalarda yuzaga kelayotgan muammolarning ijtimoiy-psixologik sabablari, ularning shaxsiy va jamiyat hayotiga ta‘siri hamda mazkur muammolarni bartaraf etish mexanizmlari tahlil qilinadi. Tadqiqot jarayonida sotsiologik so‘rov, psixologik diagnostika va statistik tahlil usullaridan foydalanildi. Olingan natijalar oilaviy nizolarning asosiy manbalari sifatida kommunikatsiya yetishmovchiligi, iqtisodiy bosim, emotsional beqarorlik va qadriyatlar tizimidagi o‘zgarishlarni ko‘rsatdi. Shuningdek, muammolarni hal etishda psixologik maslahat, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va ma‘naviy-ma‘rifiy faoliyatning samaradorligi asoslab berildi.
Bibliografik iqtibos
Sunnatova Kamola. ZAMONAVIY JAMIYATDA OILAVIY MUAMMOLARNING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK SABABLARI VA ULARNI BARTARAF ETISH MEXANIZMLARI // Jamiyat barqarorligini ta’minlashda kadrlar salohiyatini yuksaltirishning ijtimoiy-falsafiy muammolari. GULISTON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI, 2026, B.641-645. — https://konferensiya.gspi.uz/maqola/1847
Yuklanmoqda...