Ilmiy nashrlar bazasi

Institut ilmiy merosi — bir manzilda

Konferensiyalar, ularda chop etilgan maqolalar va monografiyalar arxivi. Qidiring, o'qing, yuklab oling.

—konferensiya
—maqola
—monografiya
Konferensiyalar

PEDAGOGIK INNOVATSIYALAR VA ZAMONAVIY TA‘LIM TEXNOLOGIYALARINING NAZARIY VA AMALIY ASOSLARI (STEM, STEAM, CLIL VA RAQAMLI DIDAKTIKA MISOLIDA) (649-653-bet)

Muallif: Botirova N. M. (Guliston davlat pedagogika instituti)
Konferensiya: Jamiyat barqarorligini ta’minlashda kadrlar salohiyatini yuksaltirishning ijtimoiy-falsafiy muammolari (2026)
Manzil: GULISTON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
Annotatsiya
Ushbu maqolada zamonaviy ta‘lim tizimida pedagogik innovatsiyalar va ilg‘or ta‘lim texnologiyalarining nazariy-metodologik asoslari tahlil qilinadi. STEM, STEAM, CLIL hamda raqamli didaktika yondashuvlari misolida ta‘lim jarayonini modernizatsiya qilish, o‘quvchilarda kompetensiyalarni shakllantirish masalalari yoritilgan. irish. XXI asrda globallashuv, raqamlashtirish va axborot texnologiyalarining jadal Krivojlanishi jamiyatning barcha sohalariga, xususan ta‘lim tizimiga tubdan ta‘sir ko‘rsatmoqda. Zamonaviy jamiyatda bilimlar hajmining keskin ortishi, kasbiy faoliyatning murakkablashuvi hamda mehnat bozorida yangi kompetensiyalarga bo‘lgan ehtiyojning kuchayishi ta‘lim tizimini modernizatsiya qilishni taqozo etmoqda. Shu bois bugungi kunda an‘anaviy ta‘lim modelidan innovatsion, kompetensiyaga yo‘naltirilgan ta‘lim modeliga o‘tish dolzarb masalaga aylanmoqda. Ta‘lim sohasidagi islohotlarning markazida pedagogik innovatsiyalar turadi. Pedagogik innovatsiyalar - bu ta‘lim jarayonining mazmuni, shakli va metodlarini yangilash orqali uning samaradorligini oshirishga qaratilgan ilmiy-amaliy faoliyatdir. Ushbu jarayon nafaqat yangi texnologiyalarni joriy etishni, balki o‘qitish falsafasini o‘zgartirishni ham nazarda tutadi. Amerikalik pedagog olim John Dewey ta‘kidlaganidek: “Ta‘lim bu hayotga tayyorgarlik emas, balki hayotning o‘zidir” [1, 1].Mazkur yondashuv ta‘limning amaliy yo‘naltirilgan bo‘lishi zarurligini asoslaydi. Shu bilan birga, Lev Vygotskyning ijtimoiy-konstruktivistik nazariyasiga ko‘ra: “O‘qitish rivojlanishni oldinga yetaklaydi” [2].Bu esa ta‘lim jarayonida faol, interaktiv va innovatsion metodlardan foydalanish zarurligini ko‘rsatadi. A. Abduqodirov, U. Tolipov va M. Ochilovlar ta‘limni modernizatsiya qilish zaruratini ta‘kidlab, pedagogik texnologiyalarni joriy etish o‘qitish sifatini oshirishda muhim omil ekanligini ilmiy asoslab berganlar [7]. UNESCO va OECD tadqiqotlariga ko‘ra, raqamli texnologiyalar va XXI asr kompetensiyalari ta‘lim tizimining asosiy yo‘nalishlaridan biridir [3; 4]. Hozirgi davrda STEM, STEAM, CLIL hamda raqamli didaktika kabi zamonaviy yondashuvlar ta‘limni transformatsiya qilishning muhim vositasi sifatida qaralmoqda. STEM ta‘limi fanlararo integratsiyani ta‘minlab, o‘quvchilarda muammoli vaziyatlarni hal qilish ko‘nikmalarini rivojlantiradi. STEAM esa ushbu jarayonga kreativlik va san‘at komponentini qo‘shadi. CLIL metodologiyasi esa til va mazmunni integratsiyalash orqali o‘quvchilarning kommunikativ kompetensiyasini rivojlantiradi. Raqamli didaktika esa ta‘limni individuallashtirish va moslashtirish imkonini beradi. Xalqaro tashkilotlar, xususan UNESCO ta‘kidlashicha: “Raqamli texnologiyalar ta‘lim sifatini oshirish va unga kirishni kengaytirishda muhim vosita hisoblanadi” [3, 3]. Shuningdek, OECD hisobotlarida XXI asr ko‘nikmalari - tanqidiy fikrlash, kreativlik, hamkorlik va kommunikatsiya - ta‘lim tizimining ustuvor yo‘nalishlari sifatida e‘tirof etilgan [4, 4]. Shu nuqtai nazardan, mazkur maqolaning
Bibliografik iqtibos
Botirova N. M.. PEDAGOGIK INNOVATSIYALAR VA ZAMONAVIY TA‘LIM TEXNOLOGIYALARINING NAZARIY VA AMALIY ASOSLARI (STEM, STEAM, CLIL VA RAQAMLI DIDAKTIKA MISOLIDA) // Jamiyat barqarorligini ta’minlashda kadrlar salohiyatini yuksaltirishning ijtimoiy-falsafiy muammolari. GULISTON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI, 2026, B.649-653. — https://konferensiya.gspi.uz/maqola/1849
To'liq matn (PDF)
Yuklanmoqda...