NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLARNING SIYOSIY ONG VA MADANIYATINI RIVOJLANTIRISHNING XORIJ TAJRIBASI (674-677-bet)
Annotatsiya
mazkur maqolada nogironligi bo‘lgan shaxslarning siyosiy ongi va madaniyatini yuksaltirish bo‘yicha rivojlangan xorijiy davlatlar (AQSh, Germaniya va Skandinaviya mamlakatlari) tajribasi tizimli tahlil qilingan. Tadqiqot davomida nogironligi bo‘lgan shaxslarning siyosiy jarayonlardagi ishtirokini ta‘minlashning institutsional mexanizmlari, "inklyuziv demokratiya" tamoyillari va ijtimoiy adaptatsiya modellarining siyosiy qarorlar qabul qilishdagi o‘rni o‘rganilgan. Xorij tajribasiga tayanib, nogironligi bo‘lgan shaxslarni passiv ijtimoiy obyektlardan faol siyosiy subyektlarga aylantirishning samarali usullari ko‘rsatib berilgan.
Bibliografik iqtibos
Muxtorov Karimbek Boymirza o‘g‘li. NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLARNING SIYOSIY ONG VA MADANIYATINI RIVOJLANTIRISHNING XORIJ TAJRIBASI // Jamiyat barqarorligini ta’minlashda kadrlar salohiyatini yuksaltirishning ijtimoiy-falsafiy muammolari. GULISTON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI, 2026, B.674-677. — https://konferensiya.gspi.uz/maqola/1859
Yuklanmoqda...