ZAMONAVIY OILADA YUZAGA KELAYOTGAN MUAMMOLARNING XUSUSIYATLARI (684-689-bet)
Annotatsiya
Mazkur maqolada zamonaviy jamiyat sharoitida oilada yuzaga kelayotgan ijtimoiy, psixologik, iqtisodiy va ma‘naviy muammolarning asosiy xususiyatlari ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida 2015–2024-yillar oralig‘ida O‘zbekiston va xalqaro statistik ma‘lumotlar asosida oilaviy munosabatlar dinamikasi o‘rganildi. Natijalar zamonaviy texnologiyalar, migratsiya jarayonlari, iqtisodiy bosim va qadriyatlar transformatsiyasi oilaviy barqarorlikka bevosita ta‘sir ko‘rsatayotganini tasdiqladi. Tadqiqot natijalari oilaviy siyosatni takomillashtirish va profilaktik chora-tadbirlarni ishlab chiqishda muhim ahamiyatga ega.
Bibliografik iqtibos
Matyoqubova Barno. ZAMONAVIY OILADA YUZAGA KELAYOTGAN MUAMMOLARNING XUSUSIYATLARI // Jamiyat barqarorligini ta’minlashda kadrlar salohiyatini yuksaltirishning ijtimoiy-falsafiy muammolari. GULISTON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI, 2026, B.684-689. — https://konferensiya.gspi.uz/maqola/1862
Yuklanmoqda...