Ilmiy nashrlar bazasi

Institut ilmiy merosi — bir manzilda

Konferensiyalar, ularda chop etilgan maqolalar va monografiyalar arxivi. Qidiring, o'qing, yuklab oling.

—konferensiya
—maqola
—monografiya
Konferensiyalar

KRIPTOBOZORLARDA GIYOHVAND MODDALAR SAVDOSI VA UNDA UYUSHGAN JINOYATCHILIK GURUHLARINING ROLI (693-695-bet)

Muallif: O‘rinboyev Ulug‘bek O‘rolboy o‘g‘li (Guliston davlat pedagogika instituti)
Konferensiya: Jamiyat barqarorligini ta’minlashda kadrlar salohiyatini yuksaltirishning ijtimoiy-falsafiy muammolari (2026)
Manzil: GULISTON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
Annotatsiya
Ushbu maqolada giyohvand moddalar savdosining an‘anaviy ko‘cha muhitidan onlayn platformalar — “kriptobozorlar”ga ko‘chib borayotgani tahlil qilinadi. Kriptobozorlardagi savdoning kriminogen xususiyatlari uyushgan jinoyatchilik guruhlarini (UJG) texnologiyalardan foydalanib o‘z noqonuniy faoliyatini kengaytirishga undamoqda. Kriptovalyutalar ularga ma‘lum darajada anonimlikni saqlash va daromadlarni “yuvish”ni osonlashtiradi. Maqolada UJGlarning kriptobozorlardagi giyohvand moddalar savdosiga o‘tishi Ratsional tanlov nazariyasi asosida izohlanadi. Ta‘kidlanishicha, jinoyatchi guruhlar bu faoliyatni foyda va xarajatlarni solishtirish natijasida ongli ravishda tanlaydi, ya‘ni kutilayotgan foyda (yashirinlik, xavfsizlik, daromad) ehtimoliy xavflardan (masalan, qo‘lga tushish) ustun keladi.
Kalit so'zlar: Kriptobozorlar, giyohvand moddalar savdosi, uyushgan jinoyatchilik guruhlari, raqamli jinoyatchilik, kriptovalyuta, anonimlik, pul yuvish, darknet, ratsional tanlov nazariyasi, xarajat–foyda tahlili, onlayn noqonuniy savdo, kriminogen omillar, tarmoqli tuzilma, xavf va xavfsizlik, transmilliy jinoyatchilik
Bibliografik iqtibos
O‘rinboyev Ulug‘bek O‘rolboy o‘g‘li. KRIPTOBOZORLARDA GIYOHVAND MODDALAR SAVDOSI VA UNDA UYUSHGAN JINOYATCHILIK GURUHLARINING ROLI // Jamiyat barqarorligini ta’minlashda kadrlar salohiyatini yuksaltirishning ijtimoiy-falsafiy muammolari. GULISTON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI, 2026, B.693-695. — https://konferensiya.gspi.uz/maqola/1865
To'liq matn (PDF)
Yuklanmoqda...