Ilmiy nashrlar bazasi

Institut ilmiy merosi — bir manzilda

Konferensiyalar, ularda chop etilgan maqolalar va monografiyalar arxivi. Qidiring, o'qing, yuklab oling.

—konferensiya
—maqola
—monografiya
Konferensiyalar

BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA MA‘NAVIYAT TUSHUNCHASI VA UNING PEDAGOGIK AHAMIYATI (709-714-bet)

Muallif: Mashrabova Dildora Bahodir qizi (Guliston davlat pedagogika instituti)
Konferensiya: Jamiyat barqarorligini ta’minlashda kadrlar salohiyatini yuksaltirishning ijtimoiy-falsafiy muammolari (2026)
Manzil: GULISTON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
Annotatsiya
Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ma‘naviyat tushunchasini shakllantirishning nazariy asoslari, mazmuni va pedagogik ahamiyati har tomonlama tahlil etilgan. Ma‘naviyat shaxs kamolotining muhim tarkibiy qismi sifatida talqin qilinib, uning boshlang‘ich ta‘lim bosqichida shakllanishi bolaning keyingi hayotiy faoliyati, dunyoqarashi va ijtimoiy moslashuviga bevosita ta‘sir ko‘rsatishi ilmiy jihatdan asoslab berilgan. Tadqiqotda ma‘naviyatning asosiy komponentlari — axloqiy qadriyatlar, milliy an‘ana va urf-odatlar, vatanparvarlik, insonparvarlik, halollik, mehnatsevarlik kabi sifatlar bilan uzviy bog‘liqligi ochib berilgan. Maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ma‘naviy sifatlarni shakllantirishda pedagogik jarayonning o‘ziga xos xususiyatlari, ta‘lim va tarbiyaning integratsiyasi, shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv hamda kompetensiyaviy ta‘lim tamoyillarining ahamiyati keng yoritilgan. Shuningdek, interfaol metodlar, muammoli vaziyatlar yaratish, rolli o‘yinlar, suhbat, kuzatish va baholash kabi zamonaviy pedagogik usullar orqali o‘quvchilarning ma‘naviy tafakkurini rivojlantirish yo‘llari ko‘rsatib berilgan. O‘qituvchining kasbiy mahorati, pedagogik madaniyati, shaxsiy namunasi hamda o‘quvchilar bilan samarali muloqot o‘rnatish qobiliyati ma‘naviy tarbiyaning muhim omili sifatida alohida ta‘kidlangan. Tadqiqot jarayonida kuzatish, suhbat, so‘rovnoma va tahlil metodlaridan foydalanilib, o‘quvchilarning ma‘naviy tushunchalari va qadriyatlarga munosabati o‘rganildi. Olingan natijalar shuni ko‘rsatdiki, ma‘naviy-axloqiy tarbiyani tizimli va uzluksiz ravishda olib borish o‘quvchilarda ijobiy xulq-atvor, mustaqil fikrlash, ijtimoiy faollik hamda axloqiy mas‘uliyatni shakllantirishda muhim omil hisoblanadi.
Kalit so'zlar: tarbiya, boshlang‘ich ta‘lim, innovatsion metodlar, kompetensiyaviy yondashuv, ma‘naviyat, milliy qadriyatlar, pedagogik ahamiyat, shaxs kamoloti, tarbiya, ta‘lim integratsiyasi irish. “Ma‘naviyat – insonning ichki dunyosi, uning axloqiy qiyofasi va jamiyatdagi o‘rnini Kbelgilovchi eng muhim mezondir” [1]
Bibliografik iqtibos
Mashrabova Dildora Bahodir qizi. BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA MA‘NAVIYAT TUSHUNCHASI VA UNING PEDAGOGIK AHAMIYATI // Jamiyat barqarorligini ta’minlashda kadrlar salohiyatini yuksaltirishning ijtimoiy-falsafiy muammolari. GULISTON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI, 2026, B.709-714. — https://konferensiya.gspi.uz/maqola/1872
To'liq matn (PDF)
Yuklanmoqda...