Ilmiy nashrlar bazasi

Institut ilmiy merosi — bir manzilda

Konferensiyalar, ularda chop etilgan maqolalar va monografiyalar arxivi. Qidiring, o'qing, yuklab oling.

—konferensiya
—maqola
—monografiya
Konferensiyalar

NUTQI TO‘LIQ RIVOJLANMAGAN MAKTABGACHA TARBIYA YOSHIDAGI BOLALARNI O‘QITISH VA TARBIYALASH (744-747-bet)

Muallif: Burhonova Marhaboxon Sodiqjon qizi
Konferensiya: Jamiyat barqarorligini ta’minlashda kadrlar salohiyatini yuksaltirishning ijtimoiy-falsafiy muammolari (2026)
Manzil: GULISTON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
Annotatsiya
«Nutqning to‘liq rivojlanmaganligida nutqning kechroq paydo bo‘lishi, lug‘atning kambag‘alligi, agrammatizm, talaffuz kamchiliklari ...... kuzatiladi». Nutqning to‘liq rivojlanmaganligi tushunchasi bola nutqi rivojlanishining aniq holatidan kelib chiqqan holda, o‘zining etilogiyasi bo‘yicha nutq rivojlanmaganligining turli xil ko‘rinishlariga yagona pedagogik yondashuv imkoniyati haqidagi ilg‘or nuqtai nazarga asoslanadi. Nutqning to‘liq rivojlanmaganligi termini nutq rivojlanishi buzilishiga g‘oyat chuqur yondashuvni ifodalaydi va uni tahlil qilish pedagog zimmasidadir. Bunday yondoshuv mutaxassisdan katta umumbiologik va tibbiy malakani talab qiluvchi, nuqson tuzilishini patogenetik jihatdan tahlil qilishni talab qilmaydi. Pedagoglogoped uchun kim bilan ishlashi, to‘liq rivojlanmaganlik qay yo‘sinda paydo bo‘lgani, nutq rivojlanishi tempiga qo‘shilib keluvchi nevrologik buzilishlar, genetik belgilar, psixik faoliyat va bola shaxsining xususiyatlari, dori-darmonli davolanishning bor yoki yo‘qligi va boshqa omillarning qanday ta‘sir etishi ma‘lum ahamiyatga ega. Bular pedagogning shifokor bilan birgalikdagi ishi jarayonidagina aniqlanishi va tahlil qilinishi mumkin. Ushbu maqola orqali Nutqning to‘liq rivojlanmaganligi sabablari va klinik ko‘rinishlari o‘rganiladi.
Kalit so'zlar: Nutq, rivojlanish, buzilish, muloqot, potogenez,anomaliya, sindrom, travma, infeksiya
Bibliografik iqtibos
Burhonova Marhaboxon Sodiqjon qizi. NUTQI TO‘LIQ RIVOJLANMAGAN MAKTABGACHA TARBIYA YOSHIDAGI BOLALARNI O‘QITISH VA TARBIYALASH // Jamiyat barqarorligini ta’minlashda kadrlar salohiyatini yuksaltirishning ijtimoiy-falsafiy muammolari. GULISTON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI, 2026, B.744-747. — https://konferensiya.gspi.uz/maqola/1884
To'liq matn (PDF)
Yuklanmoqda...