BOLALAR HUQUQLARINI RAQAMLI MAKONDA HIMOYA QILISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI (765-768-bet)
Annotatsiya
Ushbu maqolada raqamli makonda bolalar huquqlarini himoya qilish masalalari zamonaviy ta‘lim tizimi, ijtimoiy islohotlar va yoshlar siyosati nuqtai nazaridan tahlil qilinadi. Bugungi kunda bolalarning internet va ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish darajasi ortib borayotgani ularning huquqiy, psixologik va axborot xavfsizligini ta‘minlash zaruratini kuchaytirmoqda. Tadqiqotda kiberxavfsizlik, kiberbulling, zararli axborot ta‘siri, shaxsiy ma‘lumotlarni himoya qilish hamda media savodxonlik masalalari yoritilgan. Shuningdek, ta‘lim muassasalari, ota-onalar va jamiyat hamkorligi asosida bolalar huquqlarini samarali himoya qilish mexanizmlari ko‘rib chiqilgan. Natijada raqamli muhitda bolalar manfaatlarini ta‘minlash kompleks yondashuvni talab etishi asoslab berilgan.
Bibliografik iqtibos
Tadjibayeva Umida. BOLALAR HUQUQLARINI RAQAMLI MAKONDA HIMOYA QILISH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI // Jamiyat barqarorligini ta’minlashda kadrlar salohiyatini yuksaltirishning ijtimoiy-falsafiy muammolari. GULISTON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI, 2026, B.765-768. — https://konferensiya.gspi.uz/maqola/1891
Yuklanmoqda...