Ilmiy nashrlar bazasi

Institut ilmiy merosi — bir manzilda

Konferensiyalar, ularda chop etilgan maqolalar va monografiyalar arxivi. Qidiring, o'qing, yuklab oling.

—konferensiya
—maqola
—monografiya
Konferensiyalar

MIGRANTLAR IJTIMOIY BEGONALLASHUVI: SABABLARI VA OQIBATLARI (48-50-bet)

Muallif: Anvar Qodirov Qahhorovich (Alfraganus universiteti)
Konferensiya: Globallashuv sharoitida migratsion jarayonlarning mafkuralar va madaniyatlarga ta’siri: muammo va yechimlar (2024)
Manzil: GULISTON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
Annotatsiya
ushbu maqolada migratsiyon jarayonlarning sabablari va oqibatlari yoritiladi.Shuningdek migrantlarning qabul qiluvchi ijtimoiy makonga moslashuvi masalalari tahlil qilinadi.O‘zbekiston, MDH davlatlari va jahon mamlakatlari o‘rtasida migratsion munosabatlarni optimallashtirishga doir xalqaro munosabatlarni tarixiy davr konteksida ko‘rib chiqish va bu masalalar umumiy konsensusga erishish barcha tomonlar uchun ijobiy natija beradi. Migrantlar borayotgan mamlakatlarda etnomadaniy jihatdan ajraliq qolayotganligi, moddiy – maishiy va sostsial sharoitlari begonaligi, ularga nisbatan munosabat harakterining “nostandartligi, sohaga talluqli qonunchilik buzilishi, sotsiol diskriminatsiya, iroda erkinligining ish beruvchilarga bog‘liqligi kabilar migrantlar o‘rtasida ektramistik va terroristic guruhlarga jalb etilayotganlarning ko‘payib borishiga sabab bo‘lmoqda. Bugun intellektual migratsiya tendensiyasi kuchayishi ham kuzatiladi. Achinarlisi mamlakatimiz jahon rivojlangan mamlakatlariga intellectual salohiyatini yuksaltiruvchi “donor”ga aylanib qolinishi xavotirlidir. 2022 yil 2 yanvarda qabul qilingan “ Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risida” gi qonun, ma‘muriy islohotlar konsepsiyasi, davlat xizmati to‘g‘risidagi farmonlar, shubhasiz,o‘z natijasini beradi – ular tashqi migratsiya tendensiyasini susaytiradi.
Kalit so'zlar: migratsiya, globallashuv, begonallashuv, ma‘naviyat
Bibliografik iqtibos
Anvar Qodirov Qahhorovich. MIGRANTLAR IJTIMOIY BEGONALLASHUVI: SABABLARI VA OQIBATLARI // Globallashuv sharoitida migratsion jarayonlarning mafkuralar va madaniyatlarga ta’siri: muammo va yechimlar. GULISTON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI, 2024, B.48-50. — https://konferensiya.gspi.uz/maqola/1908
To'liq matn (PDF)
Yuklanmoqda...