Ilmiy nashrlar bazasi

Institut ilmiy merosi — bir manzilda

Konferensiyalar, ularda chop etilgan maqolalar va monografiyalar arxivi. Qidiring, o'qing, yuklab oling.

—konferensiya
—maqola
—monografiya
Konferensiyalar

XX ASR BOSHLARI MA‘RIFATPARVARI ABDURAHMON SAYYOH TOSHKANDIYNING “TANVIR AL-AHDOQ FI-MAKORIM UL-AXLOQ” (GO‘ZAL AXLOQLAR BORASIDA KO‘Z GAVHARINI NURLANTIRISH) ASARIDA ILGARI SURILGAN AXLOQIY FIKRLAR TASNIFI (142-144-bet)

Muallif: Pulotov Asliddin Homidovich (Akademik Bobojon G‘ofurov nomidagi Xo‘jand davlat universiteti)
Konferensiya: Globallashuv sharoitida migratsion jarayonlarning mafkuralar va madaniyatlarga ta’siri: muammo va yechimlar (2024)
Manzil: GULISTON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
Annotatsiya
Bugungi kunda Sharq falsafiy tafakkuri, uning ochilmagan noyob ma‘naviy me‘rosini tadqiq etish, ajdodlarimiz qoldirgan qimmatli asarlarni o‘rganish har jihatdan dolzarbdir. Shu tufayli ham Sharqning xususan o‘rta osiyoning mashhur shaxslaridan biri Abdurahmon Sayyoh Toshkandiyning “Tanvir al-ahdoq fi-makorim al-axloq” asari va undagi yoritilgan falsafiy va axloqiy mulohazalarni tadqiq etish, manba sifatida asarni tahliliy o‘rganish hamda uning Sharq falsafasidagi o‘rnini ochib berishdan iborat. Abdurahmon Sayyoh Toshkandiyning “Tanvir al-ahdoq fi-makorim al-axloq” asari va undagi ilgari surilgan g‘oyalar nihoyatda e‘tiborlidir. Tayanch (eng muhim) so‘zlar: XX asr boshlari, manifest, Turkiston milliy matbuoti, “Tanvir al-ahdoq fi-makorim al-axloq”, “al-Isloh”, axloq ilmi, ota va ona, muallimlar, ulug‘lar, podshohlar, do‘stlar. harq falsafasi tarkibida islom falsafasi muhim o‘rin egallaydi. Asrlar mobaynida Sxalqimizning yuksak ma‘naviyat, adolatparvarlik, ma‘rifatparvarlik kabi ezgu fazilatlari Sharq falsafasi va islom dini ta‘minoti bilan uzviy ravishda rivojlandi va o‘z navbatida bu falsafiy – axloqiy ta‘limotlar ham xalqimiz ma‘naviyatidan bahra olib boyib bordi. Birinchi prezidentimiz I.A.Karimov to‘g‘ri ta‘kidlaganidek, “Beshafqat davr sinovlaridan omon qolgan eng qadimgi toshyozuvlar, bitiklardan tortib, bugun kutubxonalarimiz xazinasida saqlanayotgan 20 mingdan ortiq qo‘lyozma asarlar bizning beqiyos ma‘naviy boyligimiz, iftixorimizdir... Ota-bobolarimizning asrlar davomida to‘plagan hayotiy tajribalari, diniy-axloqiy, ilmiy qarashlarini o‘zida mujassam etgan qo‘lyozmalarni jiddiy o‘rganish davri keldi”[3;32]. Abdurahmon Muhammad Sodiq o‘g‘li Toshkandiy ham XX asr boshlari matbuotida “Sayyoh” taxallusi bilan tanilgan ma‘rifatparvar ziyolilardan biri bo‘lib, u XIX asr oxiri XX asr boshlarida noshirlik qilish bilan birga odob axloq, diniy va ma‘rifiy sohalarga oid qator kitoblar yozgan. Jumladan, birgina “Me‘yor ul-axloq” asarining oxirgi qismida Abdurahmon Sayyohning muallifligida nashrga tayyorlangan “Makkai mukarrama tarixi”, “Bayt ul-muqaddas tarixi”, “Arabning qadimiy tarixi”, “Bani Isroil tarixi” kabi o‘nga yaqin asarlar nomlari keltirilgan. Bundan tashqari u siyosat, islom, tarix, ma‘naviyat sohalarida chop etilgan ko‘plab kitoblarga noshirlik qilgan. Shuningdek, uning o‘zi ham necha kitoblar yozgani ma‘lum. Abdurahmon Sayyohning o‘lka aholisi kitob savodxonligini oshirish, mahalliy va dunyoviy yangiliklardan, ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlardan xabardor qilishga qaratilgan faoliyati uning bosh muharrirligida 1915-1917 yillarda Toshkentda nashr qilingan “al-Isloh” jurnali faoliyatida ham ko‘rish mumkin. Mazkur jurnal nafaqat Turkiston o‘lkasida balki, qo‘shni musulmon mamlakatlarida ham mashhur bo‘lgan. Jurnalda islom, shariat va fiqhiy masalalar, odob-axloq muammolari, mashhur diniy asarlardan tarjimalar, o‘lka hayotiga oid bahs-munozalarlar berib borilgan[4;347]. Abdurahmon Sayyoh qalamiga mansub asarlardan ikkitasi “Me‘yor ul-axloq” ha
Bibliografik iqtibos
Pulotov Asliddin Homidovich. XX ASR BOSHLARI MA‘RIFATPARVARI ABDURAHMON SAYYOH TOSHKANDIYNING “TANVIR AL-AHDOQ FI-MAKORIM UL-AXLOQ” (GO‘ZAL AXLOQLAR BORASIDA KO‘Z GAVHARINI NURLANTIRISH) ASARIDA ILGARI SURILGAN AXLOQIY FIKRLAR TASNIFI // Globallashuv sharoitida migratsion jarayonlarning mafkuralar va madaniyatlarga ta’siri: muammo va yechimlar. GULISTON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI, 2024, B.142-144. — https://konferensiya.gspi.uz/maqola/1937
To'liq matn (PDF)
Yuklanmoqda...