XX ASR BOSHLARIDA TURKISTON MILLIY MATBUOTIDA MA‘RIFATPARVAR ABDURAHMON SAYYOH TOSHKANDIYNING “ME‘YOR UL-AXLOQ” ASARIDA ILGARI SURILGAN G‘OYALAR (159-161-bet)
Annotatsiya
Bugungi kunda Sharq falsafiy tafakkuri, uning ochilmagan noyob ma‘naviy me‘rosini tadqiq etish, ajdodlarimiz qoldirgan qimmatli asarlarni o‘rganish har jihatdan dolzarbdir. Shu tufayli ham Sharqning xususan o‘rta osiyoning mashhur shaxslaridan biri Abdurahmon Sayyoh Toshkandiyning “Me‘yor ul-axloq” asari va undagi yoritilgan falsafiy va axloqiy mulohazalarni tadqiq etish, manba sifatida asarni tahliliy o‘rganish hamda uning Sharq falsafasidagi o‘rnini ochib berishdan iborat. Abdurahmon Sayyoh Toshkandiyning “Me‘yor ul-axloq” asari va undagi ilgari surilgan g‘oyalar nihoyatda e‘tiborlidir. Tayanch (eng muhim) so‘zlar: XX asr boshlari, Turkiston milliy matbuoti, “Me‘yor ulaxloq”, “al-Isloh”, ota va ona, muallimlar, ulug‘lar, podshohlar. XIasr ikkinchi yarmida musulmon Sharq mamlakatlarida yuzaga kelayotgan milliy ozodlik hamda taraqqiyot g‘oyalarini ilgari surgan ma‘rifatparvarlar faoliyati Rossiya Ximperiyasi mustamlakasiga aylangan Turkiston o‘lkasida turli ko‘rinishlarda shakllana bordi. “Bu davrda Mahmudxo‘ja Behbudiy, Munavvar qori Abdurashidxonov, Abdulla Avloniy, Abdurauf Fitrat kabi jadidlar o‘z faoliyatlari davomida ilmfan, ma‘rifat, odob axloq masalalariga katta e‘tibor bilan qaraganlar ”. Abdurahmon Muhammad Sodiq o‘g‘li Toshkandiy ham XX asr boshlari matbuotida “Sayyoh” taxallusi bilan tanilgan ma‘rifatparvar ziyolilardan biri bo‘lib, u XIX asr oxiri XX asr boshlarida noshirlik qilish bilan birga odob axloq, diniy va ma‘rifiy sohalarga oid qator kitoblar yozgan. Jumladan, birgina “Me‘yor ul-axloq” asarining oxirgi qismida Abdurahmon Sayyohning muallifligida nashrga tayyorlangan “Makkai mukarrama tarixi”, “Bayt ul-muqaddas tarixi”, “Arabning qadimiy tarixi”, “Bani Isroil tarixi” kabi o‘nga yaqin asarlar nomlari keltirilgan. Bundan tashqari u siyosat, islom, tarix, ma‘naviyat sohalarida chop etilgan ko‘plab kitoblarga noshirlik qilgan. Shuningdek, uning o‘zi ham necha kitoblar yozgani ma‘lum. Abdurahmon Sayyohning o‘lka aholisi kitob savodxonligini oshirish, mahalliy va dunyoviy yangiliklardan, ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlardan xabardor qilishga qaratilgan faoliyati uning bosh muharrirligida 1915-1917 yillarda Toshkentda nashr qilingan “al-Isloh” jurnali faoliyatida ham ko‘rish mumkin. Mazkur jurnal nafaqat Turkiston o‘lkasida balki, qo‘shni musulmon mamlakatlarida ham mashhur bo‘lgan. “Jurnalda islom, shariat va fiqhiy masalalar, odob-axloq muammolari, mashhur diniy asarlardan tarjimalar, o‘lka hayotiga oid bahs-munozalarlar berib borilgan ”. Abdurahmon Sayyoh qalamiga mansub asarlardan ikkitasi “Me‘yor ul-axloq” hamda “Tanvir ul-ahdoq fi-t makorim ul-axloq” asarlari o‘rta asrlarda yashab o‘tgan islom olamining yirik allomalari ilgari surgan g‘oyalar asosida yozilgan bo‘lib, odob-axloqqa oiddir. Mazkur asarlarda muallif axloqning mohiyati xususida fikr yuritar ekan avvalo Qur‘oni karim, hadisi sharif hamda imom G‘azzoliy, Faxriddin Roziy kabi allomalar asarlariga ishora qiladi. Asarda muallif tomonidan an‘anaviy musulmon odob-axloq masala
Bibliografik iqtibos
Aliyev Bekdavlat. XX ASR BOSHLARIDA TURKISTON MILLIY MATBUOTIDA MA‘RIFATPARVAR ABDURAHMON SAYYOH TOSHKANDIYNING “ME‘YOR UL-AXLOQ” ASARIDA ILGARI SURILGAN G‘OYALAR // Globallashuv sharoitida migratsion jarayonlarning mafkuralar va madaniyatlarga ta’siri: muammo va yechimlar. GULISTON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI, 2024, B.159-161. — https://konferensiya.gspi.uz/maqola/1942
Yuklanmoqda...