Ilmiy nashrlar bazasi

Institut ilmiy merosi — bir manzilda

Konferensiyalar, ularda chop etilgan maqolalar va monografiyalar arxivi. Qidiring, o'qing, yuklab oling.

—konferensiya
—maqola
—monografiya
Konferensiyalar

GLOBALLASHUV SHAROITIDA MA‘NAVIY TEXNOLOGIYALARNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI (161-164-bet)

Muallif: Yusubov Jaloliddin Kadamovich (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti); Suleymanov Sarvar Sunatullayevich (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti)
Konferensiya: Globallashuv sharoitida migratsion jarayonlarning mafkuralar va madaniyatlarga ta’siri: muammo va yechimlar (2024)
Manzil: GULISTON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
Annotatsiya
Maqolada O‘zbekistonning yangi davrga xos bo‘lgan ma‘naviy texnologiyalaring ijtimoiy-falsafiy asoslari ilmiy dalillar bilan ko‘rsatilgan. Xalqimizning uzoq davrlardan boshlangan o‘tmishdagi merosini tahlil qilish jamiyatimizning ma‘naviy hayoti o‘zo‘zidan, bo‘sh joyda shakllanib qolmaganidan dalolat beradi. Shu nuqtaiy nazardan ma‘naviy taraqqiyotning jamiyat rivojlanishiga ijobiy ta‘siri ijtimoiy-falsafiy jihatdan ilmiy asosda tahlil qilingan. Tayanch tushunchalar: Ma‘naviy qadriyatlar, ma‘naviy hayot, falsafiy madaniyat, Amir Temur, Temuriylar, ma‘naviy yuksalish, yuksak axloq. alqimizning uzoq davrlardan boshlangan o‘tmishdagi merosini tahlil qilish Xjamiyatimizning ma‘naviy hayoti o‘z-o‘zidan, bo‘sh joyda shakllanib qolmaganidan dalolat beradi. Uning vujudga kelishi va rivojlanishida Vatanimizga xos ko‘plab ijtimoiy-falsafiy omillar asos bo‘lib, unda xalqimizga xos ma‘naviy talablar, axloq-odob qoidalari o‘z aksini topgani shubhasiz. Bu borada yurtdoshlarimizga xos jamoaviylik tuyg‘usining ma‘naviy hayotga ta‘siri ushbu yo‘nalishdagi ijtimoiy-falsafiy omillar genezisi va dinamikasining asl mohiyatini ifodalaydi. Jamiyat hayotining turli sohalaridagi islohotlarda yaqqol namoyon bo‘ladigan ma‘naviy o‘zgarishlar dinamikasi ijtimoiy-falsafiy jihatdan madaniy taraqqiyot va ayni paytda mafkuraviy tamoyillarning o‘zgarishlari jarayonining o‘ziga xos hosilasi bo‘lishi mumkin. Bunday holda jamiyat ma‘naviy hayot o‘zgarishlar dinamikasi falsafiy madaniyat va mafkura uchun muayyan asos yoki ijtimoiy mezon emas, balki bu sohadagi hatti-harakatlar, jumladan, davlat siyosati, turli tashkilotlar va fuqarolik jamiyati institutlaring hamkorlikdagi faoliyatining natijasi tarzida namoyon bo‘ladi. Karimov I.A. O‘zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. T.1. -T.: O‘zbekiston, 1996. –B, 78. Shu ma‘noda, jamiyatning hayotida xalq tarixi va taraqqiyoti jarayonida ro‘y bergan falsafiy jarayonlar, uning boshqa xalqlar tomonidan istilo etilishi yoki bunday istilodan qutilib, o‘zi mustaqil rivojlanishi bilan bog‘liq voqea va hodisalar muqarrar ravishda aks etadi. O‘z navbatida, bu nafaqat uzoq o‘tmish davrlar, balki bugungi mustaqillikka erishilgan davr voqeliklari ham jamiyat ma‘naviy hayoti dinamikasida aks etishi haqida fikr yuritish imkonini yaratadi. Ya‘ni, xalq istiqloli, unga erishish va uni mustahkamlash jarayonlari o‘z davri jamiyat ma‘naviy hayoti o‘zgarishlar dinamikasi uchun ijtimoiy-falsafiy asos bo‘lgani singari, istibdod zahmatlari ham unda albatta o‘ziga xos tarzda o‘z ifodasini topadi. Bular bir davlat yoki millat tomonidan istilo qilingan xalq ma‘naviyatining gurkirab o‘sishi haqida gap yuritib ovvora bo‘lishning keragi yo‘q albatta. Negaki, bunday sharoitda jamiyat ma‘naviy hayoti dinamikasi uchun keng imkoniyat ochilishi mumkin emas Chunki, hech bir davrda ro‘y bergan mustamlakachilik siyosati bunga yo‘l qo‘ygan emas. Tarixda bosib olingan xalqni ma‘naviy kamolotini o‘ylagan bosqinchilar, ma‘naviy asoratga solingan ellarni istibdod va
Bibliografik iqtibos
Yusubov Jaloliddin Kadamovich, Suleymanov Sarvar Sunatullayevich. GLOBALLASHUV SHAROITIDA MA‘NAVIY TEXNOLOGIYALARNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI // Globallashuv sharoitida migratsion jarayonlarning mafkuralar va madaniyatlarga ta’siri: muammo va yechimlar. GULISTON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI, 2024, B.161-164. — https://konferensiya.gspi.uz/maqola/1943
To'liq matn (PDF)
Yuklanmoqda...