IJTIMOIY BEGONALASHUVNING SABABLARI VA BARTARAF ETISH ZARURATI (202-204-bet)
Annotatsiya
Begonalashuv falsafadan tortib iqtisodgacha, sotsiologiyadan psixologiyagacha bo‘lgan ko‘plab fanlarda keng va har xil ma‘nolarda qo‘llaniladigan tushunchadir. Shu sababli, tushunchaning ta‘rifida aniq chegara belgilanmagan bo‘lsa-da, fanlar o‘z qamrovedan kelib chiqib talqin qilishga harakat qiladi. Tushunchaning keng tarqalishining sabablaridan biri shundaki, u ijtimoiy va individual hayotda oson kuzatilishi mumkin bo‘lgan hodisalarni aniqlash uchun qo‘llaniladigan tushunchadir. Yana bir sabab shundaki, jarayon individual muammolardan tortib, zamonaviy hayotdan kelib chiqadigan ijtimoiy muammolargacha bo‘lgan juda ko‘p, turli hodisalarni o‘z ichiga oladi. An‘anaviy qadriyatlardan chekinish, globallashuv va zamonaviy qadriyatlar, mexanizatsiyalashgan shaxsiy hayot va uyushgan jamiyatga o‘tish bilan bu boradagi ziddiyatlari odamlarning ongida ham, jamiyat darajasida ham muammoning ko‘lami kengayib borishiga olib keladi.
Bibliografik iqtibos
Temirova Nilufar Erkinovna. IJTIMOIY BEGONALASHUVNING SABABLARI VA BARTARAF ETISH ZARURATI // Globallashuv sharoitida migratsion jarayonlarning mafkuralar va madaniyatlarga ta’siri: muammo va yechimlar. GULISTON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI, 2024, B.202-204. — https://konferensiya.gspi.uz/maqola/1955
Yuklanmoqda...