Ilmiy nashrlar bazasi

Institut ilmiy merosi — bir manzilda

Konferensiyalar, ularda chop etilgan maqolalar va monografiyalar arxivi. Qidiring, o'qing, yuklab oling.

—konferensiya
—maqola
—monografiya
Konferensiyalar

OLIY TA‘LIM TIZIMIDA SUN‘IY INTELLEKTDAN FOYDALANISH TENDENSIYALARI (210-213-bet)

Muallif: Yo‘ldoshev Sherzod Ravshan o‘g‘li (Guliston davlat universiteti)
Konferensiya: Globallashuv sharoitida migratsion jarayonlarning mafkuralar va madaniyatlarga ta’siri: muammo va yechimlar (2024)
Manzil: GULISTON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
Annotatsiya
Mazkur maqolada oliy ta‘lim tizimida sun‘iy intellekt (SI) texnologiyalaridan foydalanish tendensiyalari, ularning ta‘lim jarayoniga ta‘siri va istiqbollari tahlil qilinadi. Sun‘iy intellekt ta‘lim jarayonlarini avtomatlashtirish, talabalarning individual ehtiyojlariga moslashtirilgan o‘quv dasturlarini yaratish, masofaviy ta‘lim imkoniyatlarini kengaytirish va ilmiy tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlashda muhim rol o‘ynaydi. Maqolada sun‘iy intellektning o‘qitish va o‘qituvchilar faoliyatini optimallashtirishdagi imkoniyatlari, shuningdek, SI texnologiyalarini joriy qilishda yuzaga keladigan muammolar, shu jumladan axloqiy va texnik cheklovlar ham ko‘rib chiqiladi. O‘zbekistonda oliy ta‘limni raqamli transformatsiya qilish doirasida SI texnologiyalarini qo‘llashning ahamiyati hamda global ta‘lim tendensiyalari bilan uyg‘unlashtirish bo‘yicha tahlillar keltiriladi.
Kalit so'zlar: sun‘iy intellekt, oliy ta‘lim, raqamli transformatsiya, avtomatlashtirish, moslashtirilgan ta‘lim
Bibliografik iqtibos
Yo‘ldoshev Sherzod Ravshan o‘g‘li. OLIY TA‘LIM TIZIMIDA SUN‘IY INTELLEKTDAN FOYDALANISH TENDENSIYALARI // Globallashuv sharoitida migratsion jarayonlarning mafkuralar va madaniyatlarga ta’siri: muammo va yechimlar. GULISTON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI, 2024, B.210-213. — https://konferensiya.gspi.uz/maqola/1958
To'liq matn (PDF)
Yuklanmoqda...