JADIDCHILIK G‘OYALARI TARG‘IBOTINING IQTISODIY MUOMMOLARGA NISBATAN IJTIMOIY- FALSAFIY TAHLILI (248-252-bet)
Annotatsiya
Abdurauf Fitrat, jadidchilik harakatining muhim siymosi, o‘z asarlarida Buxoro amirligining iqtisodiy muammolarini to‘xtalib, tanqid qilib, ularni isloh qilish shartligi haqida fikr bildiradi. U xalqni ilm-fan va madaniyatga yo‘naltirish, iqtisodiy tafakkurni rivojlantirishni zarur deb biladi. Fitrat “Hind sayyohi bayonati” asarida Buxoro amirligining tabiiy boyliklaridan samarali foydalanmaslik va qishloq xo‘jaligining qoloqligini tanqid qiladi. U iqtisodiy taraqqiyot uchun zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va xalqni iqtisodiy manfaatdorlikka undash lozimligini ta‘kidlaydi. Buxoro dehqonchiligining muammolarini tahlil qilib, amaldorlarning adolatsizligi, eskicha uskunalar va yetarli dori-darmonlar etishmasligini ko‘rsatadi. Жўраев С., Аҳмедов О., Раҳимова М. Ўзбекистон ва жаҳон ҳамжамияти. -Т.: Ғ.Ғулом, 2008. –Б. 40-41. Fitrat va F.Xo‘jaev va boshqa jadidlar qishloq xo‘jaligini isloh qilish, yangi texnologiyalarni joriy etish, davlat dasturlari orqali agrar islohotlarni amalga oshirishga harakat qilganlar. Ularning g‘oyalari nafaqat Buxoro, balki butun Turkiston uchun muhim iqtisodiy va ijtimoiy islohotlarni nazarda tutgan. Shuningdek, jadidlar tog‘-kon sanoatini rivojlantirish, savdo va dehqonchilikni yaxshilash bo‘yicha ko‘plab islohotlar loyihalarini ishlab chiqdilar, lekin o‘sha davr sharoitlari bu islohotlarni amalga oshirishga to‘sqinlik qildi. Fitrat va uning zamondoshlari tomonidan ilgari surilgan g‘oyalar, ularning iqtisodiy masalalardagi chuqur tahlillari hammavaqt foydali hisoblanadi.
Bibliografik iqtibos
Patiyev Xoldor Ikromovich. JADIDCHILIK G‘OYALARI TARG‘IBOTINING IQTISODIY MUOMMOLARGA NISBATAN IJTIMOIY- FALSAFIY TAHLILI // Globallashuv sharoitida migratsion jarayonlarning mafkuralar va madaniyatlarga ta’siri: muammo va yechimlar. GULISTON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI, 2024, B.248-252. — https://konferensiya.gspi.uz/maqola/1970
Yuklanmoqda...