Ilmiy nashrlar bazasi

Institut ilmiy merosi — bir manzilda

Konferensiyalar, ularda chop etilgan maqolalar va monografiyalar arxivi. Qidiring, o'qing, yuklab oling.

—konferensiya
—maqola
—monografiya
Konferensiyalar

TA‘LIM SOHASINI RAQAMLASHTIRISHGA OID ZAMONAVIY YONDASHUVLAR VA INNOVATSIYALAR (218-220-bet)

Muallif: Abdullayeva Fotima Baxtiyor qizi (Guliston davlat universiteti)
Konferensiya: RAQAMLASHTIRISH SHAROITIDA UZLUKSIZ TA’LIMNI SIFAT VA SAMARADORLIGINI OSHIRISH: MUAMMO VA YECHIMLARI. I-qisn (2024)
Manzil: GULISTON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
Annotatsiya
Maqola ta‘lim jarayonida zamonaviy innovatsion texnologiyalardan foydalanishning shart-sharoitlari, ta‘lim jarayoni samaradorligini oshirishda innovatsion texnologiyalardan foydalanishning ayrim masalalari, ta‘lim berish jarayonida zamonaviy yondashuvning axamiyati keltirilgan. K alit so‘zlar: Ta‘lim, zamonaviy innovatsiya, zamonaviy yondashuv, raqamli texnologiya, pedagog. O‘zbekiston Respublikasida barcha sohalar qatori ta‘lim sohasiga ham yetarli darajada davlat e‘tibori qaratilgan. Tayyorlanayotgan kadrlarimiz raqobatdoshliligi, ilmiy salohiyati, malakasi va tajribalari hech bir rivojlangan davlatlarda tayyorlanayotgan kadrlardan kam emas. Bu esa ta‘limni yanada rivojlantirish va xorijiy tajribalar bilan boyitishni taqozo etmoqda. Ilm-fan, texnika, ishlab chiqarish va texnologiya sohalarining mavjud taraqqiyoti zamonaviy jamiyat qiyofasini belgilab bermoqda. Innovatsion texnologiyalarning rivojlanishi natijasida o‘quv-tarbiya jarayonida ta‘limning innovatsion pedagogik va axborot texnologiyalardan foydalanib, ta‘limning samaradorligini ko‘tarishga bo‘lgan qiziqish, e‘tibor, kun sayin oshib bormoqda. Innovatsion yondashuvlar ta‘lim tizimini modernizatsiyalash va ta‘lim samaradorligiga erishishning asosiy shartidir. Zero, bugungi kun yoshlarining tanlagan sohasiga qiziqishini yanada oshirish, layoqati bor yigit-qizlarni ta‘limga va mutaxassisligiga to‘g‘ri yo‘naltirish ta‘lim-tarbiyada erishajak yutuqlarimiz samarali bo‘lishini ta‘minlaydi. Hozirgi kunda ta‘lim jarayonida interaktiv metodlar, innovatsion texnologiyalar, pedagogik va axborot texnologiyalari o‘quv jarayonida qo‘llashga bo‘lgan qiziqish, e‘tibor, kundan kunga kuchayib bormoqda. Bunday bo‘lishining sabablaridan biri, shu vaqtgacha an‘anaviy ta‘limda o‘quvchi-talabalarni faqat tayyor bilimlarini egallashga o‘rgatilgan bo‘lsa, zamonaviy texnologiyalar ularni egallayotgan bilimlarini o‘zlari qidirib topishlariga, mustaqil o‘rganib, tahlil qilishlariga, hatto xulosalarni ham o‘zlari keltirib chiqarishlariga o‘rgatadi. O‘qituvchi bu jarayonda shaxsning rivojlanishi, shakillanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi va shu bilan bir qatorda boshqaruvchilik, yo‘naltiruvchlik funksiyasini bajaradi. Ta‘lim jarayonida o‘quvchi-talaba asosiy figuraga aylanadi. Shuning uchun oliy o‘quv yurtlari va fakultetlarida malakali kasb egalarini tayyorlashda zamonaviy o‘qitish metodlari - interaktiv metodlar, innovatsion texnologiyalarning o‘rni va roli benihoya kattadir. Pedogogik texnologiya va pedagog mahoratiga oid bilim, tajriba va interaktiv
Bibliografik iqtibos
Abdullayeva Fotima Baxtiyor qizi. TA‘LIM SOHASINI RAQAMLASHTIRISHGA OID ZAMONAVIY YONDASHUVLAR VA INNOVATSIYALAR // RAQAMLASHTIRISH SHAROITIDA UZLUKSIZ TA’LIMNI SIFAT VA SAMARADORLIGINI OSHIRISH: MUAMMO VA YECHIMLARI. I-qisn. GULISTON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI, 2024, B.218-220. — https://konferensiya.gspi.uz/maqola/2074
To'liq matn (PDF)
Yuklanmoqda...