TA‘LIM SOHASINI RAQAMLASHTIRISHGA OID ZAMONAVIY YONDASHUVLAR VA INNOVASIYALAR (235-236-bet)
Annotatsiya
Maqolada bugungi kun raqamli texnologiyalar bilan chambarchas bog‘liqligi buni aynan ta‘lim sohasida qo‘llash zamonaviy yondashuvlar va innovatsion texnologiyalardan foydalanishning muhim jihatlari keltirib o‘tilgan. Zamonaviy yondashuvlar va innovatsiyalardan foydalanishni ta‘lim sohasi b o‘yicha samaradorligini oshirish va yetuk kadrlarni tayyorlashni bir necha muhim taraflarini ko‘rib chiqamiz. K alit so‘zlar: raqamli texnologiyalar, raqamlashtirish, zamonaviy yondashuv, innovatsiya, kadr Zamonaviy dunyoda raqamli texnologiyalar va yondashuvlardan kundalik hayotning ajralmas qismiga aylanib bo‘lgan va bu ta‘lim sohasidan ham chetda qolmadi, ularni o‘quv jarayoniga faol qo‘llashmoqda. Texnologiyalar ta‘lim jarayonining turli jabhalarida qo‘llaniladi: ma‘lumotlarni almashishdan tortib, onlayn tarzda uy vazifalarini qabul qilishgacha. Raqamli qurilmalarning sezilarli afzalliklari ularni auditoriyada muhim elementga aylantiradi. Keling, texnologiya o‘qitishni qanday osonlashtirishi va o‘qituvchilar ulardan foydalanishi kerakligini aniq ko‘rsatuvchi tadqiqotni ko‘rib chiqaylik. Ta‘lim tizimi kundan kunga yangilanib turishi kerak. Sababi shundaki, zamonaviy yondashuvlar asosida qurilgan darslar hech qaysi o‘quvchining diqqatidan chetda qolmaydi. Shu sababli, ko‘plab olimlarning aynan shu borada bir qancha tajribalar o‘tkazishgan. Ma‘lum bo‘lishicha, har qanday yoshdagi o‘quvchining diqqati uzog‘i bilan yigirma daqiqa davomida bir joyda bo‘lar olar ekan. Bu degani o‘quvchi yigirma daqiqagina mavzu ma‘lumotlarni tushuna oladi. Demak bundan ko‘rib turibdiku o‘quvchilarni diqqatini butunlay dars yo‘natirish uchun biz innovatsion loyihalardan, zamonaviy yondoshuvlardan foydalanishimz kerak. Qanday qilib o‘quvchining diqqatini uzoqroq vaqt davomida bir joyda ushlab turish mumkin? O‘quvchining diqqatini o‘ziga jalb qilish uchun o‘qituvchi qanday metodlardan foydalanishi kera k? Shu kabi savollar tug‘ilishi tabiiy hol albatta, ayniqsa bo‘lajak va ko‘p yillik tajribaga ega bo‘lmagan o‘qituvchilarda. Bunday vaziyatda zamonaviy innovatsiyalar bizga qo‘l keladi. Chunki bu kabi yangiliklar hamma uchun qiziq albatta. Chunki buni hayot timsolida ko‘p kuzatganmiz har qanday o‘quvchi zamonaviy texnologiyalardan foydalananishni hohlaydi. Zamonaviy yondashuvlardan foydalanishni afzilliklari ko‘p albatta. Biz muhimlariga to‘xtalamiz. Masalan: birinchidan, malumotlarni tez va oson almashish; ikkinchidan, mavzu matnini yoritib berishda video darsliklar va taqdimotlardan foydalanangan holda o‘tish mavzuni yaxshi tushunish imkonini beradi; uchinchidan, yangi dunyoviy ma‘lumotlarga ega bo‘lish, ulardan foydalana olish va fikr almashinish imkonini beradi; to‘rtinchidan, an‘anaviy metodlar o‘rniga yangi raqamli metodlardan foydalanishga imkon yaratadi. Shu kabi afzalliklar juda ko‘p biz esa ayrimlarini sanab o‘tdik. Demak XXI asr texnologiya asri ekanini unutmagan holda biz ham ta‘lim sohasiga bunday zamonaviy yondashuvlarni qo‘shishimiz kerak ekan. Bundan tashqari biz yana b
Bibliografik iqtibos
Ahmatov Nodirbek Musaevich. TA‘LIM SOHASINI RAQAMLASHTIRISHGA OID ZAMONAVIY YONDASHUVLAR VA INNOVASIYALAR // RAQAMLASHTIRISH SHAROITIDA UZLUKSIZ TA’LIMNI SIFAT VA SAMARADORLIGINI OSHIRISH: MUAMMO VA YECHIMLARI. I-qisn. GULISTON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI, 2024, B.235-236. — https://konferensiya.gspi.uz/maqola/2079
Yuklanmoqda...