TA‘LIM SOHASINI RAQAMLASHTIRISHGA OID ZAMONAVIY YONDASHUVLAR VA INNOVASIYALAR (262-264-bet)
Annotatsiya
Ushbu maqolada ta‘lim sohasidagi raqamlashtirishga oid zamonaviy yondashuvlar va inovassiyalar haqida o‘zimni fikrim , xulosam , takliflar va nimalarni bilib olganim haqida yozganman. Asosiy maqsad esa ta‘lim tizimimizda nimalarga qodir ekanligimiz va nimalar qilayotganligimizni ko‘rsatish edi. “Ta‘lim sohasini raqamlashtirishga oid zamonaviy yondashuvlar va innovasiyalar” mavzusi doirasida ushbu maqola mazmuni qanday o‘zgarishlar bo‘la olishi va nimalar qila olishimiz haqida, imkoniyatlarimiz va kamchiliklarimiz haqida yozilgan. Aytib o‘tishim joizki bu maqola bilan tizimda biron kamchilik bor deb birovga tuxmat qilish yoki nolish niyatim yo‘q. Ta‘lim sohasidagi raqamlashtirish va innovatsiyalar mavzusida ko‘plab fikrlar mavjud. Undan soha tajribasi, muvofaqiyatli ta‘lim o‘zgarishlarini o‘rganishimiz va ma‘naviyatimizga qaramasdan, mustaqil va o‘z-o‘zini tushunadigan shaxslarni o‘qitishimizga yo‘l ochadi. Buni bir qancha yo‘llar yohud usullar bilan ko‘rishimiz mumkin. Birinchi, talabalarni ishtirok etishga intilish uchun innovatsion texnologiyalardan foydalanish muhimdir. Virtual ta‘lim, qo‘llanma dasturlar, onlayn platformalar va boshqalar, o‘quvchilarga interaktiv darslar o‘tkazish va o‘zlashtirilgan ta‘lim tajribasini yaratish imkoniyatlarini beradi. Ikkinchisi, bu sohani rivojlantirish uchun, mualliflik va ijodiy yondashuvlar foydalanish muhimdir. Talabalarga o‘zlarining o‘qitish materiallarini yaratish, multimedia vositalarini ishlatish va ijodiy mashg‘ulotlar orqali o‘rganishlarini ta‘minlash, ularni o‘z fikrlarini ifodalash va tushuntirishga imkoniyat berish maqsadida innovatsion usullar muhimdir. Uchinchi, ta‘limning individualizatsiyasini kuchaytirish kerak. Har bir talabaning o‘zining o‘ziga xos o‘rganish yo‘li va tempida o‘qitish bo‘lishi kerak. Bu, adaptiv ta‘lim texnologiyalari, shaxsiy o‘qitish rejalarining yaratilishi va o‘quv jarayonini har bir talabani qo‘llab-quvvatlashda taqdim etish yoki boshqarishda ifodalanadi. Kredit modul tizimi ham shu maqsadda ishlab chiqilgan deya olamiz. To‘rtinchi, ta‘limning mazmuni, ko‘rsatkichlari va o‘qituvchi-talaba munosabatlari ham muhimdir. Ta‘limning maqsadlari va o‘rganish natijalari haqida o‘qituvchilar, talabalar va o‘qitish maslahatchilari o‘rtasidagi ishbilarmonlik, avvalgi texnologiyalardan foydalanish va yangi o‘rganish usullari yaratishni talab qiladi. Boshqa muhim nuqtalar ham mavjud: Birinchi navbatda, ta‘limning huddi umumiy (traditsion) usullaridan chiqib, ta‘limda gamutini oshirish. Bugungi zamon ta‘limida barcha talabalar uchun mos bo‘lgan ta‘lim usullarini ta‘minlash uchun innovatsion yondashuvlar kerak. Bular o‘z navbatida barchaning yetuknlik darajalarini, o‘zlashtirilgan o‘qitishni, boshqalar bilan birlashtirishda o‘sishga yordam beradi. Keyinchalik, ta‘lim sohasidagi innovatsiyalar, integratsiyasi va uni amalga oshirish kerak deb olsak. Virtual realistik, texnologik o‘qish dasturlari va boshqa yangi texnologiyalar o‘quv jarayonini o‘zlashtirishda va ta‘lim ma‘lumotlarining
Bibliografik iqtibos
Niyozaliyev Islomjon. TA‘LIM SOHASINI RAQAMLASHTIRISHGA OID ZAMONAVIY YONDASHUVLAR VA INNOVASIYALAR // RAQAMLASHTIRISH SHAROITIDA UZLUKSIZ TA’LIMNI SIFAT VA SAMARADORLIGINI OSHIRISH: MUAMMO VA YECHIMLARI. I-qisn. GULISTON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI, 2024, B.262-264. — https://konferensiya.gspi.uz/maqola/2087
Yuklanmoqda...