UMUMIY KIMYO FANINI O‘QITISHDA LABORATORIYA MASHG‘ULOTLARINING O‘RNI VA AHAMIYATI (369-371-bet)
Annotatsiya
Umumiy kimyo fanini o‘qitishda virtual laboratoriyaning ahamiyati uning qanchalik muhimligi to‘g‘risida so‘z boradi. Talabalar kimyo fanini o‘rganish jarayonida turli xil mashg‘ulotlarga duch kelishadi va bunda virtual va real labororiyalarini bajarib o‘ranish jarayonida ularning afzaligi va kamchiligi haqida xulosalar qilishadi. K alit s o (zlar: virtual laboratoriya, an‘anaviy laboratoriya, ijobiy va salbiy muammolar, mashg‘ulot va boshqalar. Kimyo fani eksperimental aniq fanlar sirasida ekanligi uchun bilim va ko‘nikmalar ko‘proq laboratoriya mashg‘ulotlarida qo‘lga kiritiladi. Laboratoriya mashg‘ulotlarini o‘tkazishda ko‘p hollarda yonuvchi, uchuvchi, zaharli va zararli moddalar ajralib chiqadi. Bu inson salomatligi ziyon yetkazadi. Bundan tashqari laboratoriya mashg‘ulotlarida murakkab kimyoviy jihozlardan foydalaniladi. Bu esa o‘quvchiga bir muncha noqulaylik tug‘diradi. O‘quvchilar laboratoriya mashg‘ulotini mukammal bilmasligi laboratoriya mashg‘ulotidan kutilgan natijani olishga imkon bermaydi. Yana bir muammolardan biri bu laboratoriya mashg‘ulotlarida ishlatiladigan reaktivlarning ko‘p hollarda sof holatda uchramasligi bu moddalarning tabiatda uchramasligi faqatgina laboratoriya holatida mavjudligi laboratoriya mashg‘ulotining to‘la-to‘kis o‘tmasligiga sabab bo‘ladi. Laboratoriya jihozlarining o‘zimizda ishlab chiqarilmaganligi va uni sotib olish juda katta mablag‘ talab etishini hisobga olsak virtual laboratoriya ancha qulaylik tug‘diradi. Birgina yurtimiz misolida oladigan bo‘lsak chekka hududdagi maktablarda laboratoriya mashg‘ulotlarini o‘tkazishga shart-sharoitlarning yo‘qligi sababli o‘quvcjilarning kimyo fani haqida faqat nazariy bilimlarga ega bo‘lib qolishi, laboratoriya mashg‘ulotlarini xayolda ham tasavvur qila olmasligi virtual laboratoriyani tashkil etish eng to‘g‘ri yo‘l ekanligini ko‘rsatadi. Virtual laboratoriyaning kamchiliklaridan biri buni tashkil etuvchi dasturlarning barchasi o‘zbek tilida emasligi asosiy muammodir. Hozirgi kunda bunday dasturlardan foydalanish uchun 10 dan ortiq o‘quv qo‘llanmalar ishlab chiqilmoqda. Virtual laboratoriyadan foydalanganda yuqori darajada ishtirok etiladi. Virtual muhitni interaktiv, vizual rag‘batlantiruvchi va foydalanish uchun qulay. An‘anaviy laboratoriyadan foydalanadigan o‘quvchilar ko‘pincha takroriy tajribalar va yangilik yo‘qligi sababli zerikish va charchoqni his qilishadi. Virtual laboratoriya qanchalik qulay bo‘lmasin bundan foydalangan ishtirokchilar o‘qituvchi va tengdoshlari bilan yuzma-yuz muloqot qilishmaydi. Buning natijasida fikr-mulohazalar kam almashiniladi va o‘zlashtiriladi. An‘anaviy laboratoriyada zudlik bilan fikr almashiniladi, ijtimoiy ko‘nikma va jamoada ishlash ham rivojlanadi. Smit, Jons va Anderson kabi olimlar virtual laboratoriyani xuddi an‘anaviy laboratoriyadek amaliy ekanligini ta‘kidlashadi. Virtual laboratoriya ayni an‘anaviy laboratoriyalar cheklanganda juda katta foyda beradi. Virtual laboratoriyada ishlashning yuqori darajasini Braun va Uils
Bibliografik iqtibos
Mamadiyorova Saida Akmal qizi, Bekpo‘latov Hasan Olim o‘g‘li. UMUMIY KIMYO FANINI O‘QITISHDA LABORATORIYA MASHG‘ULOTLARINING O‘RNI VA AHAMIYATI // RAQAMLASHTIRISH SHAROITIDA UZLUKSIZ TA’LIMNI SIFAT VA SAMARADORLIGINI OSHIRISH: MUAMMO VA YECHIMLARI. I-qisn. GULISTON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI, 2024, B.369-371. — https://konferensiya.gspi.uz/maqola/2117
Yuklanmoqda...