Ilmiy nashrlar bazasi

Institut ilmiy merosi — bir manzilda

Konferensiyalar, ularda chop etilgan maqolalar va monografiyalar arxivi. Qidiring, o'qing, yuklab oling.

—konferensiya
—maqola
—monografiya
Konferensiyalar

ZAMONAVIY BOSHLANG‘ICH TA‘LIM SHAROITIDA OILA VA MAKTAB O‘RTASIDAGI O‘ZARO MUNOSABATLARNI O‘RGANISH (527-530-bet)

Muallif: Shokirova Madinabonu Shomurod qizi (Zarmed universiteti)
Konferensiya: RAQAMLASHTIRISH SHAROITIDA UZLUKSIZ TA’LIMNI SIFAT VA SAMARADORLIGINI OSHIRISH: MUAMMO VA YECHIMLARI. I-qisn (2024)
Manzil: GULISTON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
Annotatsiya
Ushbu maqolada zamonaviy boshlang‘ich ta‘lim sharoitida oila va maktab o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni modellashtirish haqida bir necha tavsiyalar berib o‘tilgan. A‘zolar o‘rtasidagi munosabatlarning xarakteriga ko‘ra oila turlariga misol va izoh berilgan. O‘zbekiston mustaqilligining dastlabki kunlaridanoq jamiyat hayotida milliy qadriyatlarni tiklash va ular asosida barkamol avlodni voyaga yetkazish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga ko‘tarildi. O‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasida “Oila jamiyatning asosiy bo‘g‘inidir hamda jamiyat va davlat muhofazasida turish huquqiga ega” deb ta‘kidlanishi bilan birga ota-onalar o‘z farzandlarini voyaga yetganlariga qadar boqish va tarbiyalashga, voyaga yetgan, mehnatga layoqatli farzandlar o‘z ota-onalari haqida g‘amxo‘rlik qilishga majbur ekanliklari ko‘rsatilgan. Darhaqiqat, oilada bolalarni ma‘naviy-axloqiy tarbiyalash kelajagimiz garovidir. Shuning uchun ham bolalarda yoshligidanoq milliy urf-odatlar, udumlar, an‘analar va axloqiy madaniyati haqidagi tushunchalarni shakllantirish, oilaga bog‘liq. Bolaning pok va sof sadoqat, ma‘naviy jihatdan yuksak bo‘lib o‘sishi, oilaga, oilaning mustahkam, tinch va totuvligiga bog‘liq. Chunki, unda tarbiyalanayotgan yosh avlod ham ma‘naviy jihatdan yetuk, sog‘lom, mustaqil fikrli komil inson bo‘lib voyaga yetadi. Albatta bolaning ma‘naviy-axloqiy tarbiyasi oila totuvligi, uning davomiyligi oila a‘zolarining ruhiyatiga o‘zligini qanchalik darajada anglaganligida, o‘z mustaqil fikriga, dunyoqarashiga, chinakam insoniy fazilatlarga ega bo‘lgandagina to‘laligicha ta‘minlanadi. A‘zolar o‘rtasidagi munosabatlarning xarakteriga ko‘ra oila turlari: Quyidagi I.P.Podlasoy tomonidan oila a‘zolari o‘rtasidagi munosabatlarning xarakteriga ko‘ra turlarga ajratilgan oilalarning tavsifi keltiriladi: 1. Bolalar hurmat qilinadigan oilalar. Bunday oilalarda bolalarga hurmat bilan yondashiladi, ularga mehr-muhabbat ko‘rsatiladi. Ota-onalar farzandlarning faoliyati bilan qiziqadilar, muammolari to‘g‘risida ma‘lumotga ega bo‘ladilar. Bolalarning fikrlarini hurmat qilgan holda hayotiy masalalarni hal qilishda amaliy yordam ko‘rsatishga urinadilar. Farzandlarning qiziqishlari rivojlantiriladi. Bu farzandlarning tarbiyasi uchun ham muhim ahamiyatga ega. Bu kabi oilalarda bolalar tashabbuskor, mustaqil, ahil, inoq bo‘lib voyaga etadilar, o‘zlarini baxtli his qilishadi. Ota-onalar ham, bolalar ham oila a‘zolarining o‘zaro muloqotidan qoniqadilar. Oiladagi shaxslararo munosabatlarda a‘zolarning umumiy axloqiy qiyofalari aks etadi. Tartiblilik, ochiqlik, o‘zaro ishonch, munosabatlardagi o‘zaro tenglik bu turdagi oila a‘zolari uchun xos bo‘lgan asosiy ma‘naviy-axloqiy sifatlar sanaladi. 2. Rahmdil oilalar. Ota-onalar va farzandlar o‘rtasidagi munosabatlar o‘rtacha darajada ijobiylik kasb etadi. Biroq, oila a‘zolari o‘rtasida ota-onalar ham, bolalar ham o‘tmaydigan aniq masofa mavjud. Bolalar oilada o‘z o‘rnilarni bilishadi, otaonasiga itoat etishadi. Bolalarga nima zarurligini ot
Bibliografik iqtibos
Shokirova Madinabonu Shomurod qizi. ZAMONAVIY BOSHLANG‘ICH TA‘LIM SHAROITIDA OILA VA MAKTAB O‘RTASIDAGI O‘ZARO MUNOSABATLARNI O‘RGANISH // RAQAMLASHTIRISH SHAROITIDA UZLUKSIZ TA’LIMNI SIFAT VA SAMARADORLIGINI OSHIRISH: MUAMMO VA YECHIMLARI. I-qisn. GULISTON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI, 2024, B.527-530. — https://konferensiya.gspi.uz/maqola/2160
To'liq matn (PDF)
Yuklanmoqda...