MAKTABGACHA TA‘LIM TIZIMIDA INKLYUZIV TA‘LIMNING HUQUQIY ASOSLARI (535-537-bet)
Annotatsiya
Ushbu maqolada bugungi kunda mamlakatimizda alohida ehtiyojga ega bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan ta‘lim ya‘ni inklyuziv ta‘lim tizimi maktabgacha ta‘lim tashkilotlarida ham joriy qilinganligi, inklyuziv ta‘lim tizimini rivojlantirish maqsadida yangi qaror va farmonlar qabul qilinib, turli vazifalar yuklatilganligi haqida so‘z boradi. K a lits o‘z: Ta‘lim, tarbiya, inklyuziv, rivojlanish, takomillashuv, harakat. Hozirgi O‘zbekiston barcha sohalarda va jahon tendensiyalari asosida jadal rivojlanib bormoqda. Shu bilan birga ta‘lim tizimiga davlat siyosati darajasida e‘tibor qaratilmoqda. Milliy ta‘lim siyosatining zamonaviy va amaliy yo‘nalishlaridan biri inklyuziv ta‘limni rivojlantirishdir. Buning uchun alohida ehtiyojga ega bo‘lgan bolalarni jamiyatga qo‘shilib ta‘lim olishlari uchun bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020-yil 13-oktabrda qabul qilingan “Alohida ta‘lim olish ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta‘lim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish choratadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bunga yaqqol misol bo‘la oladi. Mazkur hujjatda mamlakatimizda inklyuziv ta‘limni rivojlantirish imkonini beruvchi qator huquqiy va tashkiliy vazifalar belgilab berilgan. 2020-2025-yillarda inklyuziv ta‘limni rivojlantirish konsepsiyasi va “Yo‘l xaritasi” tasdiqlandi. Unda maxsus ta‘limga muhtoj bolalar ta‘limini tegishli davrgacha rivojlantirishning maqsadli ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan. Konsepsiya ikki bosqichda amalga oshiriladi: 2020-2022-yillarda: Inklyuziv ta‘lim tizimi sohasidagi normativ baza takomillashtiriladi; Tizim uchun malakali pedagog kadrlar tayyorlanadi, qayta tayyorlanadi va malakasi oshiriladi; Inklyuziv ta‘lim joriy etilgan muassasalarning moddiy-texnika bazasi mustahkamlanadi, ular maxsus moslamalar (ko‘tarish qurilmasi, pandus, tutqich va boshqalar), zarur adabiyotlar, metodik q o‘llanmalar, turli kasblarga o‘qitish uchun uskuna va jihozlar bilan ta‘minlanadi; Sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va innovatsion loyihalar joriy etiladi; Imkoniyati cheklangan bolalarning bilim olish huquqi, inklyuziv o‘qitishning mazmun-mohiyatini tushuntirish orqali aholi o‘rtasida ijobiy ijtimoiy muhit shakllantiriladi; Ularni kamsitish, salbiy muomalada bo‘lishning oldini olishga qaratilgan choratadbirlar amalga oshiriladi; Inklyuziv ta‘lim tizimi tajriba-sinov tariqasida alohida ta‘lim muassasalarining faoliyatiga joriy qilinadi. 2023-2025-yillarda: Inklyuziv ta‘lim tizimi bosqichma-bosqich boshqa umumiy o‘rta ta‘lim muassasalarida joriy qilinadi; Har bir bolaning inklyuziv ta‘lim olish huquqini ta‘minlashga qaratilgan chora - tadbirlar amalga oshiriladi; O‘qitish usullari takomillashtiriladi hamda ta‘lim jarayoniga individuallashtirish tamoyillari bosqichma-bosqich joriy etiladi; Ta‘lim jarayonida o‘quvchilarni ma‘naviy-axloqiy tarbiyalashga, ularning jismonan sog‘lom va baquvvat shakllanishiga qaratilgan choralar k o‘riladi; O‘quvchilarning jismon
Bibliografik iqtibos
Sulaymonov Rahmatillo. MAKTABGACHA TA‘LIM TIZIMIDA INKLYUZIV TA‘LIMNING HUQUQIY ASOSLARI // RAQAMLASHTIRISH SHAROITIDA UZLUKSIZ TA’LIMNI SIFAT VA SAMARADORLIGINI OSHIRISH: MUAMMO VA YECHIMLARI. I-qisn. GULISTON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI, 2024, B.535-537. — https://konferensiya.gspi.uz/maqola/2162
Yuklanmoqda...