Ilmiy nashrlar bazasi

Institut ilmiy merosi — bir manzilda

Konferensiyalar, ularda chop etilgan maqolalar va monografiyalar arxivi. Qidiring, o'qing, yuklab oling.

—konferensiya
—maqola
—monografiya
Konferensiyalar

XIVA XONLIGIDAGI NEMIS MENNONITLAR MODDIY-MADANIY MEROSI: MANBASHUNOSLIK VA MUZEYSHUNOSLIK JIHATIDAN TADQIQ (45-50-bet)

Muallif: Abdullayeva Mohira Saparboy qizi (Xorazm Ma‘mun akademiyasi)
Konferensiya: O‘zbekistonda tarixiy va madaniy yodgorliklarni tadqiq qilishda tarix va san’atshunoslik sohalarining o‘zaro hamkorligi: muammo, yechim va istiqbollari (2026)
Manzil: Guliston davlat pedagogika instituti
Annotatsiya
Mazkur tadqiqotda XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Xiva xonligi hududida istiqomat qilgan nemis-mennonitlar jamoasining moddiy-madaniy merosi manbashunoslik va muzeyshunoslik nuqtayi nazaridan tadqiq etiladi. Tadqiqotda Oq masjid hududida shakllangan mennonitlar jamoasining tarixiy faoliyatini yoritishda yozma, arxiv, moddiy-ashyoviy va fotovizual manbalarning ilmiy imkoniyatlari tahlil qilinadi. Shuningdek, muzey fondlarida saqlanayotgan qishloq xo‘jaligi, hunarmandchilik, maishiy hayot va fotografiyaga oid predmetlarning tarixiytexnologik ahamiyati ochib beriladi. Mennonitlarning agrotexnika, chorvachilik, metallga ishlov berish, qurilish va fotografiya sohalaridagi faoliyati Xiva xonligida Yevropa texnologik tajribasining mahalliy muhit bilan o‘zaro ta‘sirini ko‘rsatadigan muhim tarixiy jarayon sifatida baholanadi. Tadqiqot natijalari Oq masjid mennonitlari merosini tizimli kataloglashtirish, raqamlashtirish va xalqaro manbalar bilan qiyosiy o‘rganish zarurligini ko‘rsatadi.
Kalit so'zlar: Xiva xonligi, nemis-mennonitlar, Oq masjid, manbashunoslik, muzeyshunoslik, fotografiya, Vilgelm Penner, Xudoybergan Devonov
Bibliografik iqtibos
Abdullayeva Mohira Saparboy qizi. XIVA XONLIGIDAGI NEMIS MENNONITLAR MODDIY-MADANIY MEROSI: MANBASHUNOSLIK VA MUZEYSHUNOSLIK JIHATIDAN TADQIQ // O‘zbekistonda tarixiy va madaniy yodgorliklarni tadqiq qilishda tarix va san’atshunoslik sohalarining o‘zaro hamkorligi: muammo, yechim va istiqbollari. Guliston davlat pedagogika instituti, 2026, B.45-50. — https://konferensiya.gspi.uz/maqola/2174
To'liq matn (PDF)
Yuklanmoqda...